7 aprel kuni Amerika Qöşma Ştatlari va Eron örtasida öt oçişni töxtatiş rejimi e’lon qilindi. Bu vaqtda Körfazdagi boy arab davlatlari yetakçilari xavotirli yangi voqelik bilan kuraşmoqda.
Bir vaqtlar Dubay va Doha kabi boy şaharlardagi siyosatçilar, investorlar va aholi özlarini mintaqadagi mojarolardan amalda himoyalangan deb hisoblagan. AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi bu taxminni parçalab taşladi, deb yozmoqda New York Times'ning Körfaz byurosi rahbari Vivian Nereym.
Avvalo, Körfaz mamlakatlari Eronning minglab raketa va dronlari yetkazgan zararni qoplaşi kerak. Energiya eksportidagi uzilişlar tufayli joriy yilda iqtisodiy ösiş körsatkiçlari qisqarişi kutilmoqda. Şu bilan birga ular Isroil, Eron va özlarining asosiy xavfsizlik kafolati bölgan AQŞ bilan munosabatlarini qayta körib çiqişga majbur bölmoqda. Çunki uruş arablarning neft konlari, suvni çuçuklaştiriş zavodlari, mehmonxona va aeroportlari naqadar zaif ekanini körsatib qöydi.
«Bugungi kunda AQŞ bilan mavjud bölgan barça narsalarimiz bizga hozir kerak bölgan kafolatni bermaydi. Bu bizga qarşi har qanday hujumni töxtatib qola oladimi? Yöq», deydi Saudiya Arabistonidagi Körfaz tadqiqotlari markazi raisi Abdulaziz Sağir.
Hayotiy muqobil kafolat beruvçini qidirayotgan hukumatlar amalda bunday kuç mavjud emasligini körişlari mumkin. Agar Trampning öt oçişni töxtatiş kelişuvi uruşning yakuniga aylansa ham, arablar Eron bilan yuzma-yuz qolişlari mumkin.
«Lat yegan, kaltaklangan, ğazablangan, lekin dadillaşgan Eron bilan yolğiz qoliş ğoyasi — menimça, bu haqiqiy xavotirdir», dedi Bloomberğning Yaqin Şarq geoiqtisodiyot böyiça rahbari Dina Esfandiyar.
Uruş boşlangaç Eronning javob zarbalari – Qatar, Bahrayn, Kuvayt, BAA va Saudiya Arabistoniga — AQŞ harbiy bazalari yoki xodimlari joylaşgan barça mamlakatlarga tegdi. Uşbu davlatlardagi rahbarlar öz bizneslari va xodimlarining xavfsizligiga işonçlari komil emas. 28 fevraldan keyin şoşib çiqib ketgan oilalar qaçon qaytişi yoki umuman qaytmaslik haqida öylamoqda.
Hörmuzning taqdiri va mört sulh


















