Donald Tramp Eronga «butun bir tamaddunni yöq qiliş» bilan tahdid solayotgan bir pallada parda ortida AQŞ prezidentiga yaqin manbalar ham natijasidan bexabar bölgan faol diplomatik jarayon ketayotgan edi. Va bu muzokaralarda birinçi marta Eronning yangi diniy rahnamosi Mujtaba Xominaiy ham iştirok etdi, deya yozadi Axios naşri. Naşr suhbatdoşlariga köra, Xominaiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan muloqotni yozma tarzda kurerlar vositasida olib borgan, ammo aynan uning roziligi sulhga erişişda hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan. Bu vaqtda Pentagondagi mulozimlar va AQŞning Yaqin Şarqdagi kuçlari Eron infratuzilmasiga yopirilma zarba berişga tayyorlanayotgandi, hujumni bekor qiliş haqidagi buyruq Trampning ultimatumi muddati yakuniga bir neça soat qolganida keladi. Axios sulh böyiça muzokaralar qanday keçgani haqida hikoya qildi.
6 aprel kuni, Tramp Oq uyda Pasxa bayramiga yiğilganlar bilan muloqot qilayotgan bir paytda, AQŞning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff «juda ğazabnok» holatda telefon orqali muzokara ötkazayotgandi. Axios manbalariga köra, u vositaçilar bilan muloqotda Erondan olingan 10 banddan iborat taklifni «halokat» va «ofat» deb atagan.
Şundan keyin tuzatişlar seriyasi boşlangan: pokistonlik vositaçilar Uitkoffning yangi variantlarini Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçiga yetkazgan, Misr va Turkiya taşqi işlar vazirlari esa kelişmovçilikni bartaraf etişga harakat qilişgan.
Duşanba kuni oxirigaça ikki haftalik öt oçişni töxtatiş böyiça yangilangan taklif AQŞ tomonidan ma’qullandi. Qaror Mujtaba Xominaiyda qolgandi. Naşr manbalariga köra, u «muzokaralarda faol iştirok etgan» – ammo uning iştiroki qat’iy maxfiylik çoralariga asoslangandi va u Isroil tomonidan suiqasd xavfi tufayli yozma qaydlarni yetkazib beruvçi kurerlar orqali muloqot qilgan.
Seşanba tongida muzokaralarda oldinga siljiş közga taşlanadi – ammo bu Trampga navbatdagi tahdidli bayonotlar berişi, çorşanbaga ötar keçasi «butun tamaddun yöq bölişi» mumkinligini aytişiga tösqinlik qilmaydi. Bu vaqtda AQŞ vitse-prezidenti, saylovlar arafasida boş vazir Viktor Orbanni qöllab-quvvatlaş uçun Vengriyaga kelgan Jyey Di Vens ham muzokaralarga qöşiladi, u asosan Pokiston vakillari bilan telefon orqali boğlanadi.
Vaşington vaqti bilan 7 aprel kuni tuşga yaqin (Toşkent vaqti bilan taxminan soat 21:00 ) tomonlarda «umumiy anglaşuv» şakllangandi, uç soat ötib esa Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQŞ prezidentini öz dedlaynini ikki haftaga keçiktirişga, Eron rahbariyatini esa Hörmuz böğozini oçişga çaqiradi.


















