Andijon hokimining yana bir örinbosari qölga tuşdi: uning gaplari “tajribali” ekanidan darakmi? Jizzaxda yasama jinoyatlar seriyasi: sudyalar nega tergovçilardan şubhada? P2P ötkazmalar yana kun tartibida: jamoatçilik xavotirlari inobatga olinadimi? Ortda qolayotgan haftaning ayrim muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

“Bu qarz deyiladi, bilasiz-a?”

Hafta – hokimliklarda korrupsiya avj olgani haqidagi muhokamalar bilan boşlandi: duşanba kuni Andijon viloyati hokimining yana bir örinbosari qölga tuşgani ma’lum böldi. Hokimning turizm va madaniyat masalalari böyiça örinbosari Isomiddin Ismanov 4 aprel kuni 50 ming dollar pulni öz uyida olgan paytida uşlangan. DXX e’lon qilgan kadrlarda u soqqani sanab bölgaç, bu borada tajribasi katta odamdek xotirjam luqma taşlab, oldi-berdini “qarz” deb ataganini köriş mumkin:

Tadbirkor: 50 ming ötdi-a, aka?

Hokim örinbosari: Bu qarz deyiladi, bilasiz-a? Şunaqa narsasi bor.

Tadbirkor: Men sizga berdim, aka.

Hokim örinbosari: Yöq, şunaqa deyiladi.

Tadbirkor: Hujjatini “çotki” qilib, mening nomimga çiqartirib bersangiz böldi.

Videodan körinişiça, amaldor 5 dasta dollarni olgaç, uni uyining yotoqxonasidagi kiyim şkafiga qöygan. Köp ötmay, jinoyat foş etilganidan keyingi dastlabki protsessual harakatlar ham şu xonada bölib ötgan. Isomiddin Ismanov bu pullarni Bobur şaharçasidagi 20 sotix yerni tadbirkor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga talab qilib olgani aytilyapti.

E’tiborlisi, Ismanov hokimlikda iş boşlaganiga endigina 4 oy bölgandi. U bundan avval içki işlar tizimida işlagan, 2022–2025 yillarda Andijon viloyati IIB boşliği örinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boşliği bölgan. 2021 yilda “Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan taqdirlangan.

Bu – oxirgi yillarda Andijon rahbariyatida röy bergan korrupsion jinoyatlarning birinçisi emas. 2024 yil kuzida viloyat hokimining investitsiyalar böyiça örinbosari Botirjon Hamroyev öttizga yaqin figurantni öz içiga olgan korrupsion sxema doirasida davlat mulkini talon-toroj qiliş aybi bilan 7 yilga qamalgan edi. Amalda esa, 2026 yil yanvaridayoq zararni qoplagani vaji bilan jazo özgartirilgan va u ozodlikka çiqqan.

Sönggi kunlarda yana bir hokim örinbosari ustidan sud hukmi öqildi. Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimining sobiq örinbosari Umidjon Xoliqov tovlamaçilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sud hujjatlariga köra, u lavozimga ötirganidan keyin atigi 2 oy ötib 10 ming dollar olgan; oradan 3 oy ötib yana 10 ming dollar olayotgan paytda qölga tuşgan.

“200 ta protokolimiz qoldi, çiq hammang köçaga!”

Içki işlar tizimida rasmiylar “heç qanaqa plan yöq” deb takror-takror işontirişga uringani bilan, bu bayonotlarni şubha ostiga qöyadigan holatlar hamon röy bermoqda. Kun.uz'ga Toşkent şahri Olmazor tumani içki işlar bölimi huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi boşliği Abror Xudoyberdiyevning Telegram'dagi audio va videolari kelib tuşdi. U qöl ostidagi profilaktika inspektorlariga murojaat qilib, ularga köçadan daydi topişni va ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirişni buyurgan:

“Protokollar hamma narsada nol bölib yotibdi: majburiy davolaşga joylaştirişing nol, daydi nol, ma’muriy bayonnoma nol, ma’muriy nazorat nol!

Nima, özlaringdan ketib qolganmisanlar, vijdonsiz! Qani bittang daydi qilma-çi! Özingni daydi qilib olib borib yop, qarindoşingni olib borib yop daydi qilib! Özing daydi bölasan!”

Xudoyberdiyev keyinroq Telegram-guruhga video ham yuborib, hisob-kitob oni yaqinlaşayotganini aytib hammani şoşirgan:

“1 soat vaqtimiz qoldi. 22:00 da hisob-kitob böladi. Men borişni xohlamayman! “Davay”, hozir “gazlaymiz”, 300 taga çiqdi, 200 ta protokolimiz qoldi, çiq hammang köçaga!”

Toşkent şahar IIBB duşanba kungi izohida xodimlar zimmasida “plan” degan majburiyat aslo yöqligini ta’kidladi. Içki işlar vaziri örinbosari Ramazon Aşropov esa şanba kungi matbuot anjumanida Abror Xudoyberdiyev lavozimidan olinganini ma’lum qildi.

Haqiqiy jinoyatçilar çetda qolib...

Hafta davomida Kun.uz e’lon qilgan boşqa bir suriştiruv ham içki işlar tizimida keçayotgan közdan panadagi voqeliklarni oçib beradi. Ma’lum bölişiça, Jizzax viloyatida bir tomondan içki işlar va prokuratura, ikkinçi tomondan fuqaro manfaatini himoya qilgan odil sudlar örtasida noodatiy qarama-qarşilik yuzaga kelgan.

Tasavvur qiling, kattagina tomorqaga ega hovlingiz bor, ixtiyoringizdagi yer maydoni jami 21 sotix. Lekin ana şu 21 sotixning yerning faqat 6 sotixiga nisbatan rasman meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqingiz bor. Kunlardan bir kun turmuş örtoğingizni davolatiş uçun hovlini tomorqasiga qöşib sotişga qaror qildingiz va bu haqda Olx'ga e’lon berdingiz. Xaridor sifatida telefon qilganlardan biri bilan kelişuvga erişasiz va ne ajabki, undan pulni olgan vaqtingizda, içki işlar xodimlari paydo bölib, qölingizga kişan taqadi. Heç narsani tuşunmay turgan paytingizda, haligi qöştirnoq içidagi “xaridor”: “Hujjati yöq yerni tanişlari orqali rasmiylaştirib berişini aytdi” deya yolğon körsatma beradi. Uning körsatmasiga asosan avvaliga içki işlar, keyin prokuratura sizga qarşi “öziga tegişli bölmagan yerni sotişga urindi” degan ayblov e’lon qiladi.

Xuddi şunday holat Jizzax viloyati Baxmal tumanida röy bergan. Xayriyatki, uy egasining baxtiga, jinoyat işining yasama ekani odil sudda foş bölgan. Avvalo, ayblov tomoni özi tiqiştirayotgan tuhmatlarga dalil keltirolmagan. Ikkinçidan, haligi qöştirnoq içidagi soxta “xaridor” avval ham kamida uçta holatda böş turgan yerini sotayotgan odamlarni xuddi şu ssenariy asosida javobgar qildirgani ma’lum böladi. Boz ustiga, u har safar IIBga ariza berganida, uning işi bilan aynan bitta tezkor xodim şuğullangan.

Şu va boşqa asoslardan kelib çiqib, Yangiobod tuman sudi uy egasini aybsiz deb topgan. Soxta xaridor rolini öynab bergan Bunyod Mahkamov ismli şaxs va IIBning katta tezkor vakili B.Boltayev örtasidagi şubhali hamkorlik esa, şundoqligiça qolib ketaverişi mumkin emasdi: şundan kelib çiqib, sud prokuraturaga bu haqda xabar bergan. Lekin buni qarangki, prokuratura bu jinoyat işi yasama ekanini tan olmasdan, sud qaroriga protest kiritgan. Bu örinda viloyat sudi prokuratura protestini rad etib, yanada qat’iyroq pozitsiyani egallagani olqişga sazovor. Xususan, apellyatsiya instansiyasi öz ajrimida aniq-tiniq qilib şunday yozgan: “Haqiqiy jinoyatçilar çetda qolib, qöştirnoq içidagi xaridorlar töriga tuşayotgan sodda insonlar jinoiy javobgarlikka tortilmoqda”.

Jizzaxdagi yasama jinoyat mualliflari javobgarlikka tortilganmi-yöqmi, bunisi hali ma’lum emas. Lekin kuni keça haqiqiy jinoyatçilar çetda qolib, bir juvonni badnom qilişga bel boğlagan Farğonadagi xodimlar nomi yana mediamakonda köriniş berdi. Gap – Furqat tumani IIBning sobiq boşliği Akmal Xöjayev va uning örinbosari Jasur Rasulov haqida ketyapti. Ular maktab direktori Gulira’no Qosimovaga nisbatan sodir etgan jinoyat Andijon viloyat sudi kassatsiya instansiyasida körib çiqilib, sud hukmi özgarişsiz qoldirildi. Eslatib ötamiz, Xöjayev va Rasulov turar joy daxlsizligini buziş, şaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni oşkor qiliş, mansab vakolatidan çetga çiqiş, tezkor-qidiruv materiallarini soxtalaştiriş va qonunga xilof tarzda uşlab turiş kabi jinoyatlar uçun 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Tizim özgarişi aytildi

Içki işlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti “jazolovçi tizim” bölib qolişi kerak emas. Çorşanba kuni prezident huzuridagi yiğilişda ayni şunga urğu berildi. Yiğilişda vazir Aziz Toşpölatov xodimlarning samaradorlik körsatkiçlarini “jazolovçi tizimdan – aholiga xizmat körsatuvçi tizimga” tamoyili asosida özgartiriş böyiça takliflarni ilgari surdi.

Vazirning aytişiça, mahallalardagi profilaktika inspektorlariga buyruq beradiganlar köpayib ketgan, oqibatda mahalla xavfsizligi va jinoyatlar profilaktikasiga yetarliça e’tibor qaratilmayapti. Şu sababli profilaktika inspektorlarini ortiqça vazifalardan xalos qiliş közda tutilyapti. Şuningdek, har kunlik yöriqnomalarni onlayn şaklda ötkaziş, “Mening inspektorim” platformasi orqali xodimlar faoliyatini raqamlaştiriş, sud-tibbiy ekspertiza xulosasini elektron şaklda oliş, malaka oşiriş darslarini onlayn formatda yölga qöyiş kabi takliflar ilgari surildi.

Profilaktika inspektorlari ayrim huquqbuzarliklar böyiça qaror qabul qiliş vakolatini olişi kutilyapti. 6 ta kam ahamiyatli qilmiş uçun darrov jarimaga tortmasdan, ma’muriy ogohlantiriş tartibi joriy etiladi. Şu va boşqa çoralar xodimlarning yugur-yugurini kamaytirib, eng asosiy vazifasi – huquqbuzarliklar profilaktikasini yaxşiroq uddalaşiga imkon berişi kutilyapti.

Soliq qömitasi P2P nazoratiga ruxsat oldimi?

Soliq qömitasi raisi Farrux Pölatov prezident huzuridagi taqdimotda. / Foto: Prezident matbuot xizmati

Jismoniy şaxslar örtasida kartadan kartaga pul ötkazmalarini monitoring qiliş masalasi hamon kun tartibida turibdi. Bu borada avvalgi yillarda kuzatilgan har turli urinişlar samara bermagani: avvaliga Senat, keyin yangilangan Konstitutsiya va jamoatçilik qarşiligi bilan bu masala kun tartibidan olib taşlangani – hamon köpçilikning yodida bölsa kerak. Bu safar aynan qanaqa nazorat mexanizmi taklif etilayotgani hozirça ma’lum emas – 6 aprel kuni davlat rahbari huzuridagi yiğilişdan tarqatilgan press-relizda bu masalaga töla aniqlik kiritilmagan.

Xabarda aytilişiça, yiğilişda soliq tuşumlarini oşiriş uçun yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş kerakligi ta’kidlangan. Raqamli tahlil va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib, “aqlli” nazorat örnatiş hisobiga bu yil budjetga qöşimça 30 trillion söm tuşumni ta’minlaş zarurligi körsatib ötilgan. Buning uçun P2P-operatsiyalar monitoringi, tovarlarni markirovkalaş, raqamli nazoratni kuçaytiriş, yuklar hujjatsiz taşilayotganini avtomatik aniqlaş va norasmiy bandlikni rasmiylaştiriş kabi çoralar közda tutilyapti.

Davletovuz kanali muallifi yiğilişda Soliq qömitasi ilgari surgan takliflarga ehtiyotkorlik bilan yondaşişga çaqirdi. Blogerning qayd etişiça, garçi taqdimotda soliq ma’murçiligini raqamlaştiriş kerakligi alohida ta’kidlangan bölsa ham, muayyan tarmoqlarda QQS nazoratini quyi böğinlarga tuşiriş, tovarlarni markirovkalaş va tranzaksiyalar monitoringi kabi çoralar – inson omilini kuçaytiradi, quyi böğinda soliqçilarning kiçik biznesga bosim ötkaziş imkoniyatlarini kengaytiradi, korrupsiyaviy munosabatlarni yanada köpaytiradi.

“Bu sa’y-harakatlar teskari effekt yaratişi ham mumkin: budjetga qöşimça 30 trln tuşiramiz deb, iqtisodiy ösişga, tadbirkorlik muhitiga salbiy ta’sir körsatib qöymaslik lozim”, – dedi jamoatçilik faoli.

22 apreldan “Telekom antifrod” işga tuşadi

Bank mijozlarini kutayotgan yangiliklardan yana biri – bank xizmatlaridan masofaviy foydalanişga oid. Tez orada banklar yoki tölov taşkilotlarining ilovalarida yangi röyxatdan ötadigan foydalanuvçilar agar telefon raqami begona odamning nomida bölsa, muammoga duç keladi.

22 apreldan boşlab kuçga kiradigan yangi antifrod qoidalariga köra, ilova foydalanuvçisining telefon raqami va bank kartasi aynan bitta şaxsga tegişli bölişi kerak. Bu qoida avvalroq e’lon qilingan, şundan beri köpçilik “22 aprelgaça telefon raqamimni özimning nomimga ötkazib olişim kerak” deb öylayotgan edi. Markaziy bank kuni keça bayonot bilan çiqib, bu yangi talab allaqaçon röyxatdan ötgan foydalanuvçilarga taalluqli bölmasligini ma’lum qildi. Ya’ni telefon raqami begona odamning nomiga olingan şaxslar ham, 22 aprelgaça röyxatdan ötib qöygan ilovalaridan foydalanişda davom etaveradi. Lekin agar birorta yangi fintex ilovasi sinab körişga qaror qilsangiz, unda bu masala yana köndalang turadi.

Faqat bir foydali istisno bor: telefon raqam foydalanuvçining yaqin qarindoşi, masalan ota-onasi, opa-singlisi yoki farzandining nomida bölsa, u holda yangi tartib muammo keltirib çiqarmaydi. Buning uçun MyGov'da “Mening oilam” bölimini hozirdan tekşirib qöyiş foydadan xoli emas. Agar biror yaqin qarindoşingiz röyxatda bölmasa, ma’lumotlarni töğrilaş uçun şu bölimning özida ariza yuborib qöyiş mumkin.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Foto: FIDE / Niki Riga

Javohir Sindorov Nomzodlar turnirida sensatsion rekord örnatdi. 20 yoşli şaxmatçimiz 11-turdan keyin biror marta ham mağlubiyatga uçramasdan, 6 ta ğalaba va 5 ta durang bilan mutlaq peşqadamlik qilyapti. E’tiborlisi, hozirgaça Nomzodlar turnirida heç kim 6 marta ğalaba qozona olmagan. Sönggi uçta tur oldidan u 2-örindagi Aniş Giri bilan oradagi 2 oçkolik farqni saqlab qolyapti. Oldinda Javohirni Hikaru Nakamura, Aniş Giri va Vey I bilan bahslar kutyapti. Ma’lumot uçun, Nomzodlar turniri jahonning 8 nafar eng kuçli grossmeysterlarini özida jamlagan bölib, ular özaro ikkitadan partiyada dona suradi. Ğolib 70 ming yevro mukofotni qölga kiritadi va şaxmat toji uçun amaldagi çempion Gukeş Dommarajuga qarşi öynaş huquqini qölga kiritadi.

Toşkent şahri va uning atrofidagi issiqxonalar Surxondaryoga köçiriladi. Maqsad – kuzdan bahorgaça dolzarb muammoga aylanadigan havo sifatini yaxşilaş. Hukumat qarori bilan, tadbirkorlarga köçiş xarajatlari qoplab beriladigan, kreditlari esa uzaytiriladigan böldi. Ixtiyoriy tarzda köçişga rozi bölmaganlarni “jazo” kutadi: 1 avgustdan boşlab ular gazdan uziladi, kömir, mazut yoki boşqa narsalarni yoqqan taqdirda jarima 20 barobarga, suv soliği 5 barobarga oşiriladi. Tabiiy iqlim va iqtisodiy şart-şaroitlar tufayli issiqxona mahsulotlarini Surxondaryoda yetiştiriş Toşkentdan köra ança arzonga tuşişi aytilyapti. Buning uçun Şerobod tumanida “Surxon-Agro” nomli alohida erkin iqtisodiy zona taşkil etilmoqda.

Milliy investitsiya jamğarmasi IPO ötkazişini e’lon qildi. Jamğarma portfeli 2,4 mlrd dollarga baholanmoqda. Bir neça bor özgarişlarga uçragan portfelning hozirgi tarkibi – davlatga qaraşli 13 ta yirik korxonaning 25-40 foizgaça uluşlaridan iborat. IPO Toşkent va London fond birjalarida bölib ötadi. Aniq sanalar va narx parametrlari keyinroq e’lon qilinadi. Aksiyador bölişni istovçi jismoniy şaxslar oldindan brokerlik hisobvarağini oçib qöyişi tavsiya etiladi, çunki birlamçi taklif doirasidagi obuna çeklangan vaqt davomida oçiq böladi. Eslatib ötamiz, 2024 yilda taşkil etilgan Milliy investitsiya jamğarmasi ötgan yili dunyoga maşhur Franklin Templeton kompaniyasi boşqaruviga berilgan.

Urganç tumani sudining antiqa qarori – muhokama markazida. Sud aksiya doirasida 7 ming sömdan palov sotgan oşxona egasini huquqbuzar deb hisoblayapti. Kun.uz tanişgan sud hujjatida keltirilişiça, Urganç tumanidagi oşxonalardan birining egasi Şohruhxon Qodirov 2 va 4 fevral kunlari Xorazm suzma palovini 7 ming sömdan sotişi haqida ijtimoiy tarmoqqa e’lon bergan. Tadbirkorning aytişiça, aksiya tinç ötgan, biror janjal yoki tartibsizlik yuz bermagan. Şunga qaramay, sud uni “ommaviy tadbirlar ötkaziş qoidalarini buzgan” deb topib, 2 mln söm jarimaga tortgan. Xöş, tadbirkor qaysi huquqiy asosga köra, qaysi taşkilotdan ruxsat olişi kerak edi? Sud qarorida bu savolga javob keltirilmagan.

Surxondaryodagi yana bir propan şoxobçasida portlaş röy berdi. 7 aprel kuni ertalab Denov tumani Oqtom mahallasidagi şoxobçada “KAMAZ” rusumli propan taşuvçi maxsus avtosobildan siğimga gaz quyiş vaqtida portlaş sodir bölgan. Rasmiy xabarga köra, hodisa oqibatida 2 kişi yengil kuyiş jarohatini olgan. Toşkentda esa ötgan yakşanba kuni “Beşqörğon” bozoridagi katta yonğindan keyin, bozorlarda yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etilişi yuzasidan kuçaytirilgan reydlar ötkazilmoqda. Reydlar doirasida köplab bozorlarda kamçiliklar aniqlanib, ulardagi ayrim bloklar faoliyati vaqtinça töxtatildi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova