2026 yilning I-choragida Octobank bozordagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi. Bank, aktivlar o‘sishi fonida, biznes uchun yechimlar qatorini kengaytirib, ijtimoiy tashabbuslar miqyosini oshirdi va infratuzilmani rivojlantirishda davom etdi. Bank moliyaviy mahsulotlar, raqamli xizmatlar va ijtimoiy mas’uliyatni yagona tizimga aylantiradigan modelni izchil rivojlantirmoqda.

Moliyaviy natijalar: o‘sish va barqarorlik

O‘tgan yilning ayni davri bilan solishtirilganda:

 * Aktivlar 15,5 trln so‘mgacha oshdi (+281,4%);

 * Shaxsiy kapitali 1,13 trln so‘mgacha o‘sdi (+29,3%);

 * Sof foyda 108,7 mlrd so‘mni tashkil etib, barqaror dinamikani saqlab qoldi.

Octobank xodimlari soni 45,8 % oshib, 465 nafarga yetdi, bu esa bankning o‘sishida qo‘shimcha omil bo‘ldi.

Bozordagi mavqei: kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish

Octobank moliyaviy institutlarni likvidlik, aktivlar sifati va samaradorlik kabi 27 ta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha baholovchi ITIM reytingida O‘zbekistonning eng kuchli uchta kichik banki qatoriga kirdi.

Qo‘shimcha ravishda mijozlarga xalqaro hisob-kitoblar uchun qulay vosita – Olmapay xizmati orqali Rossiyadan tezkor pul o‘tkazmalari va jo‘natish kunida mablag‘ o‘tkazish imkoniyati taqdim etildi.

Ijtimoiy tashabbuslar: tizimli qo‘llab-quvvatlash va xayriya

Ijtimoiy yo‘nalish tartibi Octobank strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda va aniq loyihalar orqali amalga oshirilmoqda.

Mart oyida bank Navro‘z bayramini nishonlashda bosh hamkor sifatida ishtirok etib, “3 karra mazaliroq” nomli keng ko‘lamli shahar tadbirini tashkil qildi. Mazkur tadbir poytaxtning 20 mingdan ortiq aholisi va mehmonlarini bir joyga jamladi.

Xalqaro xotin-qizlar kunida Octobank Toshkent IIB bilan hamkorlikda chiroyli aksiya o‘tkazdi: rulda, avtobuslarda va piyodalar yo‘laklaridagi onaxonlar, buvijonlar hamda qizlarga 1000 dona qizil atirgul sovg‘a qilindi. Ularning har biri o‘ziga xos iliqlik ulushiga ega bo‘lldi va bu har bir ayolning qadr-qimmati hamda ahamiyati yuksak ekanini yana bir bor esga soldi.

Alohida e’tibor manzilli yordamga qaratildi. “Ayol tadbirkorlar bilan intervyu” medialoyihasi doirasida 8 mart munosabati bilan bank ishtirokchilar oilalariga ko‘mak ko‘rsatdi. Qahramonlarimiz maishiy texnika yangilashga ehtiyojlari borligini bilib, bank ularni zarur jihozlar bilan ta’minladi.