Şaxmatçi Javohir Sindorov Kiprning Peyye şahrida ötkazilayotgan Nomzodlar turniri yakunlanişiga 1 tur qolganida muddatidan oldin ğoliblikni qölga kiritdi. Özbekiston avtomobil bozorida Chevrolet uluşi 80 foizdan pasaydi. Kuçli şamol Qoraqalpoğiston va Xorazmda talafotlar keltirib çiqardi. Özbekiston Zomin toğlarini YuNeSKO röyxatiga kiritiş jarayonini boşladi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Javohir Sindorov Nomzodlar turniri ğolibi böldi va jahon şaxmat toji uçun kuraşadi
Özbekistonlik Javohir Sindorov Kiprning Peyye şahrida ötkazilayotgan Nomzodlar turniri yakunlanişiga 1 tur qolganida muddatidan oldin ğoliblikni qölga kiritdi.
20 yoşli grossmeyster endi şaxmat toji uçun amaldagi çempion hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi öynaş huquqini qölga kiritdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev u bilan telefon orqali muloqot qilib, katta ğalaba bilan tabrikladi.
Özbekiston avtomobil bozorida Chevrolet uluşi 80 foizdan pasaydi
Özbekiston avtomobil sanoati korxonalari 2026 yil 1-çoragida 91088 ta avtomobil sotdi, deb xabar berdi «Özavtosanoat». Bu körsatkiç – ötgan yilning mos davriga nisbatan 15735 taga yoki 21 foizga köp.
Bir yillik dinamikaga qaralsa, BYD Uzbekistan sotuvlarni qariyb 2 barobarga oşirgani e’tiborli. Kompaniya ötgan yili yanvar-mart oylarida 4045 ta avtomobil sotgan bölsa, joriy yilning şu davrida sotuvlari 93 foizga oşgan va 7799 taga yetgan.
Avtomobil brendlari kesimidagi raqamlarga kelsak, Chevrolet brendining bozordagi uluşi 80 foizdan pasayganini köriş mumkin: ötgan yili 1-çorakda bu brendga mansub avtomobillar bozorning 82,6 foizini taşkil etgan bölsa, hozir bu körsatkiç 79,3 foizgaça tuşgan.
Kuçli şamol Qoraqalpoğiston va Xorazmda talafotlar keltirib çiqardi











