Tekshiruvga Burgenlanddagi xaridorlardan birining shikoyati sabab bo‘lgan. U Spar supermarketida sotib olgan HiPP sabzi-kartoshkali pyuresi bankasi avval ochilganini aytgan. Bankadagi ozuqa tekshirilganida esa uning tarkibida margimush borligi aniqlangan.

Hozirda Avstriyadagi Spar, Eurospar, Interspar va Maximarkt tarmoqlariga qarashli 1,5 mingta supermarketdagi barcha pyurelar qaytarib olinmoqda. Bundan tashqari, Chexiya va Slovakiyaga yetkazib berilgan HiPP pyurelari tarkibida ham «zaharli modda» mavjudligi aniqlangan.

Spar va HiPP rahbariyati iste’molchilarni ushbu pyuredan foydalanmaslikka chaqirdi. HiPP bayonotida qayd etilishicha, gap «ishlab chiqaruvchi tomonidan qoida buzilishi» to‘g‘risida bormayapti.

«Pyureli bankalar omborimizdan ideal holatda olib chiqib ketilgan. Mahsulotlarimiz hozirda surishtiruv olib borilayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq»,— deya ta’kidlagan kompaniya.