Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar harbiy idoralari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva mintaqadan tashqaridagi davlatlarning Markaziy Osiyoda harbiy ishtirokini ta’minlash va u yerda logistika muammolarini hal qilish istagini qabul qilib bo‘lmaydi.
«Biz mintaqadan tashqaridagi davlatlarning Markaziy Osiyoda harbiy ishtirokini ta’minlash va logistika muammolarini hal qilish urinishlarini diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Buni nomaqbul deb hisoblaymiz», dedi u.
U Rossiya tomonining Suriya, Livan, Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, G‘azo sektoridagi gumanitar falokatdan jiddiy xavotirda ekanini ta’kidladi.











