Energetika vazirligi elektromobillarni quvvatlaş stansiyalari mijozlariga subsidiya tölaşga oid qaror loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturiga köra, 2026 yil 1 maydan boşlab elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarida 1 kWh elektr energiyasi narxining 300 sömdan oşgan qismi davlat budjetidan qoplab berilişi közda tutilgan.
Lekin bu boradagi tartibni belgilovçi qaror loyihasi 2 mayga kelibgina muhokamaga qöyildi.
Loyihaga köra, subsidiya miqdori – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Energosavdo korxonasi tomonidan elektromobillarni quvvatlaş stansiyalariga sotiladigan har bir kWh elektr energiyasi uçun belgilangan narxning 300 sömdan oşgan qismiga teng böladi.
Hozirda yuridik şaxslar uçun 1 kWh elektr energiyasi tarifi – 1000 söm. Şunga köra, subsidiya miqdori joriy tarifning 300 sömdan oşgan qismi miqdorida, ya’ni 700 sömni taşkil etadi. Agar HETK tomonidan quvvatlaş stansiyalariga sotiladigan elektr energiyasi narxi kötarilsa, subsidiya miqdori ham şunga mos ravişda kötariladi.
Subsidiya “Soliq” ilovasi orqali keyingi oyning 25-sanasiga qadar tölab berilişi nazarda tutilgan.
Mazkur tartib 2026 yil 1 maydan boşlanib, 2030 yil 30 dekabrgaça amal qilişi rejalaştirilmoqda.

















