Abdumalik Asqarov ijtimoiy tarmoqlarda çiqişlar qilib, qadoq tagiga yaşirin joylangan sifatsiz meva-sabzavotlarni oşkora tanqid qiladi. Özbekiston imijiga putur yetkazayotgani uçun dehqon va brokerlarga tanbeh beradi.

“Boğbonlarimiz mahsulotlarni “öqlaşi”, xom uzişi yoki çirigan mevalarni ham eksportga çiqarib yuborayotgani Özbekistonning taşqi bozordagi nufuziga putur yetkazmoqda.

Rossiya bozorlarini Xitoy, Turkiya, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston egallab böldi”, deydi A.Asqarov.

Jamoatçilik kengaşi raisi çet elda Özbekiston meva-sabzavotlariga bölgan talab tuşib ketgani, buning sabablari va oqibatlari haqida sözlab berdi:

“Farğona viloyatining Toşloq tumanidanman. Avvallari ijtimoiy tarmoq unçalik rivojlanmagani uçun çet elga sifatsiz, “öqlangan” meva-sabzavotlar çiqarilayotganini köpçilik bilmas edi. Çetga çiqqan yuk ortidan “öqlangan ekan”, “olgan mevam xom çiqdi”, “tagi yomon çiqdi” mazmunidagi videolarga közim tuşar, yillar davomida bu holat ta’bimni xira qilardi....

Abdumalik Asqarov

2024 yilda yurtdoşlarimiz Moskva, Ufa, Samara, Novosibirskka borib, mahsulotlarimiz yetib borgan bozorlarni örganişdi. Şundan söng asl vaziyat namoyon böla boşladi. U yerdagi tadbirkorlar “özbek mahsulotining sifati tuşib ketdi, işonç qolmadi, deya çiqiş qilganidan keyin menda ham eksport qilinayotgan mahsulotlarni nazorat qiliş ğoyasi paydo böldi. Vatanimiz imijini kötariş uçun qat’iy bel boğladim... Bugun esa jamoatçilik kengaşi raisiman. Mevalar terilayotgan joyga borib dehqonlar, brokerlar bilan tortişaman, asabim buziladi, aniqroği heç kimga yoqmayman. Lekin aniq ayta olamanki, men töğri yöldaman.

Töğri işlayotgan dehqonlar zör natijalarga erişyapti. Qilayotgan işidan faxrlanadi, natijasi a’lo. Brokerlar nima qilyapti? Brokerlar ham öz ustida işlayapti. Özbekistonning mahsuloti dunyoda birinçi örinda bölişini xohlayman. Menga boşqa narsa kerak emas.

Ayrim qatlam bu xatoni qilmasin, ertaga biz boşqa davlatlarda kulgi bölmaylik, bizning mahsulotga bölgan işonçni yana uyğotaylik, degan maqsadda videolarni ijtimoiy tarmoqlarga qöyib boraman. Quvonarlisi, videolarimni mlnlab odamlar köryapti. Videolarim sabab odamlarning ongi özgaryapti, qilgan xatolarini tuşunib yetişyapti. Mahsuloti talabga javob bermasa, sota olmasliklarini anglab yetişyapti.