Prezidentning qaror va farmoyishi bilan Mudofaa vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda 12 may kuni vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, polkovnik Bahrom Bahodirovich Urmanov mudofaa vazirining raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Qurolli Kuchlar bosh shtabi Aloqa, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoyalash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bahrom Bahodirovich Urmanov

Polkovnik Mirsaid Tagirovich Shukurov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mirsaid Tagirovich Shukurov