Yiğilişda qayd qilinişiça, bugungi kunda yurtimizda 572,6 ming gektar boğ va tokzor mavjud bölib, ular yiliga 1 milliard dollarlik eksportni ta’minlamoqda, 882 ming nafar aholining daromad manbaiga aylangan.
Şu bilan birga, yer va suv resurslari çeklangan hozirgi şaroitda sohadagi ösişni faqat maydonlarni kengaytiriş hisobidan emas, balki har bir gektardan olinadigan hosildorlik va daromadni oşiriş orqali ta’minlaş zarurligi ta’kidlandi. Özbekiston 2030 yilga qadar oziq-ovqat mahsulotlari eksportini 10 milliard dollarga yetkazişni maqsad qilgan. Bunda intensiv, sanoatlaşgan boğdorçilikni kengaytiriş muhim omil böladi.
Yiğilişda mavjud boğ va tokzorlar holati tahlil qilindi. Hozirda 61 ming gektar eskirgan va 18 ming gektar yaroqsiz boğlarni yangilaş zarur. Ayrim hududlarda bunday maydonlardan gektariga bor-yöği 5 tonna hosil olinmoqda, yillik daromad esa 10 million sömga ham yetmayapti.
Misol uçun, Pop tumanida 1 ming 200 gektar eski va yaroqsiz boğlar mavjud. Agar ular örnida eksportbop navlar ekilib, quritiş, saralaş va qadoqlaş böyiça agrologistika markazlari taşkil etilsa, hosildorlik va daromadni bir neça barobar oşiriş mumkin. Mazkur tumanda 84 gektarda barpo etilgan eksportbop gilos boği tajribasi ham intensiv boğdorçilikning amaliy natijasini körsatmoqda. Hali töliq hosilga kirmagan yoş köçatlardan ham gektariga 7 tonnadan hosil olinib, bir kilogramm mahsulot 8 dollardan eksport qilinmoqda.

Şu bois, eski va yaroqsiz boğlar bilan işlaş böyiça yangi tartib joriy etiş taklif qilindi. Bu jarayonda Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi boğ va tokzorlarni yaroqsiz deb topiş, sanoatlaşgan boğlar barpo etiş yoki haydaladigan yerlar toifasiga ötkaziş böyiça xulosa beradi. 12 oy davomida sanoatlaşgan boğ barpo etilmagan maydonlar uçun yer va suv soliği stavkasini oşiriş, bu holat yana 12 oy davom etsa, suvdan foydalanişni çeklaş taklif etildi.
Prezident yerdan samarali foydalaniş ustidan nazoratni raqamlaştiriş zarurligini ta’kidladi. Eskirgan va yangi sanoatlaşgan boğlar holatini kosmik tasvirlar orqali monitoring qiliş böyiça axborot tizimini işga tuşiriş topşirildi.
Tomorqa va dehqon xöjaliklaridagi eski boğlarni yangilaş ham e’tibordan çetda qolmasligi kerakligi körsatib ötildi. Buning uçun mahalla bankiri orqali aholiga 50 donagaça köçat yoki 2 million sömgaça qarz beriş, dehqon xöjaliklariga esa eskirgan boğlarni yangilaş uçun 150 million sömgaça kredit ajratiş taklif qilindi.


















