Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 14 may kuni Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida ishtirok etdi.

«Bugun Buxoroda o‘z ishini boshlagan Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining anjuman ishtirokchilari — butun Osiyodan jam bo‘lgan yetakchi ayollarga: siyosatchi, tadbirkor, olima va ekspertlarga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdim.
Prezidentimiz murojaatida forum qatnashchilarining yuksak kasbiy mahorati, boy bilim va tajribasi nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda xotin-qizlarning huquq hamda manfaatlari himoyasiga samarali xizmat qilishi alohida ta’kidlandi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

















