Saudiya Arabistoni rasmiylari chorshanba kuni Zulhijja oyining hiloli ko‘ringanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 27 mayga to‘g‘ri kelishi e’lon qilindi.
Qayd etilishicha:
18 may, dushanba — Zulhijja oyining birinchi kuni;
26 may, seshanba — Arafa kuni;
27 may, chorshanba — Qurbon hayiti.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda kuzatish xulosalari va o‘rganishlar natijalari taqdim etiladi, shundan keyin bayram sanasi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
O‘zbekistonda hayit munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam bo‘ladi.















