Oliy Majlis Senati 18 may kuni shartli ozod qilingan va tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga oid qonunni ma’qulladi.

Qonunga ko‘ra:

  • jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchaytirilib, ularning vakolatli organlarga vaqti-vaqti bilan kelib ro‘yxatdan o‘tib turish majburiyati belgilanmoqda;
  • sudga shartli ozod qilingan shaxs zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishda advokat yoki shaxsning o‘zi iltimosnoma kiritishi uchun imkoniyat yaratilmoqda;
  • shartli ozod qilishni bekor qilish tartibi aniqlashtirilib, ushbu masalalarni ko‘rib chiqish mahkum istiqomat joyidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinishi nazarda tutilmoqda;
  • shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazoratning huquqiy mexanizmlari, ularning majburiyatlari va nazoratni tugatish tartibi belgilanmoqda;
  • tergov hibsxonalarida ushlab turilgan shaxslar dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari kamida ikki soat sayr qilishi hamda qo‘shimcha tarzda kiyim-bosh hamda poyabzal olishi belgilanmoqda;
  • tergov hibsxonalarida ushlab turilgan shaxslar oziq-ovqat mahsulotlarini va eng zarur narsalarni sotib olish uchun ularga belgilangan pul miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravarigacha oshirilmoqda.

Senatorlar qonunni ma’qulladi.