Bu haqda prezidentning “Toşkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga köra, metro bekatlariga kiriş joylarida hamda bekatlar orasidagi ötiş yölaklarida yölovçilar xavfsizligini ta’minlagan holda vending apparatlari va kiçik köçma savdo obektlarini joylaştiriş çoralari köriladi.
Şuningdek, xususiy tadbirkorlarga metropoliten tonnellari va bekatlarida auksion orqali ijara asosida xavfsiz faoliyat turlari bilan şuğullanişga ruxsat beriladi.
Hujjatda 2030 yilgaça metropolitenda taşiladigan kunlik yölovçilar sonini 1,8 million nafarga yetkaziş, bekatlar sonini 79 taga va liniyalar uzunligini 103 kilometrgaça oşiriş vazifalari belgilangan.
Bundan taşqari, metro stansiyalari oldida avtoturargohlar taşkil qilinib, Park & Ride tizimi joriy etiladi. Unga köra, avtoturargohdan foydalangan yölovçilarga metro çiptalari uçun çegirmalar beriş hamda avtoturargoh tölovini metro çiptasi orqali amalga oşiriş imkoniyati yaratiladi.
Şu bilan birga, metro poyezdlari harakat intervalini 2–3 daqiqagaça qisqartiriş ham rejalaştirilgan.













