Uçraşuvda YeXHT bilan iqtisodiy-ekologik, siyosiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Oçiq va konstruktiv muloqot yuksak darajaga çiqqani, Özbekistonning YeXHT va uning tizimidagi institutlar bilan hamkorligi izçil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Taşkilot rahbariyati Özbekistonga taşriflarni muntazam amalga oşirmoqda, YeXHT DIIHB missiyalari mamlakatimizda saylov jarayonlarini monitoring qilişda faol iştirok etmoqda.

Transmilliy tahdidlarga qarşi kuraşiş, sud-huquq tizimini isloh qiliş, gender tenglikni ilgari suriş, inson huquqlarini himoya qiliş va ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş sohalarida amalga oşirilayotgan qöşma loyihalarning natijalari alohida qayd etildi.
Tomonlar kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş, raqamlaştiriş va sun’iy intellektni rivojlantiriş, kadrlar malakasini oşiriş, yoşlarni qöllab-quvvatlaş hamda “yaşil” kun tartibini ilgari suriş kabi ustuvor yönalişlarda ham hamkorlikni yanada kengaytiriş zarurligini ta’kidladi.

Hamkorlik böyiça yangi «yöl xaritasi»ni tayyorlab, Özbekistonda va YeXHT doirasida bir qator qöşma tadbirlarni ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
Mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.


















