Ertalab uyğonib, oynaga qarasangiz-u burningiz joyida yöq bölsa, nima qilardingiz? Şifoxonaga yugurasizmi, politsiya çaqirasizmi yoki uyqusirayapman, degan xayolga borasizmi? Endi tasavvur qiling, oradan bir neça soat ötib, burningizni şahar markazida uçratib qolsangiz va u sizni tanimaslikka olsa, mansabi bilan kerilib tursa, çidarmidingiz?

“5 daqiqa”ning navbatdagi sonida Nikolay Gogolning “Burun” qissasi haqida gaplaşamiz.

Voqealar peterburglik sartaroş Ivan Yakovleviçning xonadonidan boşlanadi. Uning nonuştasidan burun çiqib qoladi. Ha, töğri eşitdingiz, inson burni. Siz ajablanib turgan bir paytda, yozuvçi Gogol mutlaqo jiddiy ohangda asarni davom ettiradi. Xuddi non içidan burun çiqişi tabiiy hodisadek.

Sartaroş burunning şakl-u şamoyilidan uning kimga tegişli ekanini eslaydi. U kollejning kiçikroq mansabdori Kovalyovning burni edi. Şu joydan boşlab asar real hayotdan uziladi, lekin ayni paytda jamiyat haqidagi haqiqiy hayotga juda yaqinlaşadi.

Ivan Yakovleviç qörqib ketadi. Çunki bu yerda odamning burni yöqolgani emas, işga politsiya aralaşib qolişi xavfliroq edi. Yozuvçiga köra, u jamiyatda odamlar fojiadan emas, rasmiyatçilikdan qörqardi. Sartaroş burundan qutuliş uçun uni köçaga taşlamoqçi, daryoga otmoqçi böladi, lekin har yerda nazorat, hamma yer şubhali edi. Hatto burunni taşlab ketiş ham oson emasdi.

Bu paytda mayor Kovalyov uyğonadi. Oynaga qarasa - burni yöq. Yuzining örtasi tep-tekis. Gogol bu sahnani şunday tasvirlaydiki, öquvçi bir vaqtning özida ham kuladi, ham hayron qoladi. Çunki Kovalyov uçun burun oddiy a’zo emas. Bu uning obröyi, mavqeyi, jamiyatdagi “yuzi” edi-da.

Kovalyov ajoyib odam. U özini “mayor” deb ataşlarini yaxşi köradi, mansab orqasidan quvadi. Neva prospektida aylaniş, boyvaçça biror ayolga uylaniş, yaxşiroq mansabga ötiriş - bular uning hayotining mazmuni edi. Şuning uçun burun yöqolişi uning salomatligi emas, ijtimoiy mavqeyiga köproq ta’sir qiladi.

Gogol şu yerda juda kuçli sarkazm işlatadi. Inson özining içki dunyosi bilan emas, taşqi körinişi va unvoni bilan baholanadigan muhitni körsatadi. Göyoki odamni kekkaygan burni taşlab ketsa, uning bor bisoti ham ketadigandek.

Qissaning eng maşhur va eng absurd sahnasi keyin boşlanadi. Kovalyov şaharda öz burnini uçratib qoladi. Ha, burun mustaqil odamga aylangandi. U mundir kiygan, karetada yuradi, özini hatto yuqori martabali amaldordek tutadi. Odamlar esa unga hurmat bilan yöl berişadi.

Kovalyov burniga özini taniştirişga urinadi. Şu parçaning öziyoq Gogolning betakror uslubini namoyon qilişga asos böladi:

– Men, albatta… Ha, aytgandek, men mayorman. Özingizdan qolar gap yöq, mendek odamning burunsiz yurişim uyatdir axir. Voskresensk köprigida arçilgan apelsin sotib ötiradigan juldurvoqi xotinning burni bölmasa heç bokisi yöqdir, biroq men… nufuzli lavozimga muyassar bölişim nazarda tutilsa… Buning ustiga, köpgina e’tiborli xonimlar, deylik, statskiy sovetnik Çextaryova va boşqalar bilan tanişman…

Takabbur burun Kovalyovni tan olmaydi. Özini alohida şaxs deb tutadi. “Bizning örtamizda heç qanday yaqinlik yöq”, deydi u. Tasavvur qiling, odam öz burniga özini taniştirişi adolatdanmi?

Gogol Peterburg manzarasini çizadi. Bu şaharda hamma kimningdir oldida past, yana kimdandir baland. Hamma martaba ketidan yuguradi. Hamma taşqi köriniş bilan ovvora. Şuning uçun burunning amaldorga aylanib ketişi bu jamiyat uçun unçalik ğayritabiiy tuyulmaydi.

Qissa davomida Kovalyov politsiyaga yuguradi, gazetaga e’lon bermoqçi böladi, amaldorlarga murojaat qiladi. Lekin tizim şu qadar bema’niki, heç kim uning haqiqiy dardini tuşunmaydi.

Yozuvçi bu asar orqali jamiyatning eng oğriqli nuqtasiga teginadi. Çunki bu dunyoda ba’zan insonning özi emas, uning “statusi” mustaqil hayot keçira boşlaydi. Mansab insondan kattaroq narsaga aylanadi. Şunday payt keladiki, odam öz obröyining xizmatkori bölib qoladi.

Qissa davomida voqealar yanada ğalati tus oladi. Burun topiladi. Döstimiz Kovalyov burni bilan çiqişib ketadimi-yöqmi, buni hukmingizga qoldiraman.