Britaniyaning The Telegraph nashri bugungi kunning eng ulkan va g‘aroyib muhandislik loyihalaridan biri — Freedom Ship («Ozodlik kemasi») qaytgani haqida maqola e’lon qildi. Bu shunchaki ulkan kruiz kemasi emas, balki o‘n minglab odamlarga uy bo‘ladigan haqiqiy suzuvchi shahar.

Freedom Ship g‘oyasi birinchi marta 1990-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Uning muallifi amerikalik muhandis Norman Nikson edi. Konsepsiyada bitta portga bog‘lanmagan holda doimiy harakatda bo‘ladigan ulkan kema yaratish ko‘zda tutilgan edi. 2012 yilda Nikson vafotidan so‘ng loyiha deyarli muzlatib qo‘yildi. Biroq, 2026 yilda u Freedom Cruise Line International va uning bosh direktori Rojyer Guch tufayli ikkinchi hayotga ega bo‘ldi.

Guch dengiz arxitektori, dizayner va loyiha menejerini o‘z ichiga olgan 12 nafar mutaxassisdan iborat jamoani to‘pladi va hozir bu g‘oyani amalga oshirish uchun eng qulay vaqt ekanligini ta’kidlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday hayot va sayohat shakliga talab juda yuqori: «Biz bir vaqtning o‘zida uchta shunday kema qurishni deyarli oqlay olamiz».

Texnik tavsiflar

  • Kema-shahar uzunligi: taxminan 1,5–1,8 km

  • Kengligi: taxminan 244 metr

  • Balandligi: 30 ta paluba

  • Sig‘imi: 80 ming kishigacha (50 ming doimiy aholi, 10 ming sayyoh va 20 ming ekipaj a’zosi)

Kema yadro reaktorlari bilan jihozlanadi, bu esa to‘liq energetik mustaqillikni ta’minlaydi. U doimiy uy portiga ega bo‘lmaydi va okean bo‘ylab sekin suzib, taxminan ikki-uch yil ichida butun dunyoni aylanib chiqadi. Harakat tezligi 7 uzel atrofida. Qirg‘oq bilan aloqa qilish uchun paromlar va kichik kemalardan foydalanish rejalashtirilgan.

Suzuvchi shahar ichida nimalar bo‘ladi?