Uning sözlariga köra, AQŞ eng köp yadroviy kallaklarga ega, ammo Rossiya «unça ortda qolmayapti», undan keyin Xitoy uçinçi örinda, «lekin beş yil içida ular, ehtimol, tenglaşadi».
«Bularning bizga keragi yöq. Biz butun dunyoni 300 marta ketma-ket portlatişimiz şart emas. Bu dahşat. Agar yadroviy qurolsizlaniş böyiça kelişuvga erişa olsak, buni juda xohlardim. Va bu ikkisidan biri [Rossiya yoki Xitoy rahbarlari] bunga juda tayyor», dedi Tramp.
May oyi örtalarida Xitoyga taşrifidan söng Tramp Xitoy raisi Si Jinping bilan yadrosizlaniş masalasini muhokama qilganini va «ijobiy» munosabat olganini aytdi. Şu bilan birga, u qurolsizlaniş böyiça muzokaralarga Rossiyani ham jalb qilişni xohlaşini ta’kidladi.
«Denuklearizatsiya. Men bu haqda Rossiya va Xitoy bilan doimo gaplaşaman. Va bu mavzu endi paydo böldi - biz uni muhokama qildik», dedi respublikaçi.
2025 yil noyabr oyida Tramp uç davlat «yadroviy qurolsizlaniş rejasi»ni tayyorlayotgan bölişi mumkinligini aytdi, ammo tafsilotlarni oşkor qilmadi.

















