Rossiyaliklarga dronlarni Ukrainadagi nişonlarga yönaltirişga yordam bergan Belarus hududidagi retranslyatorlar 22 iyun kuni öz faoliyatini töxtatdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

«Ularni demontaj qilişganmi yoki yöqmi, hozirça bilmayman. Ammo biz bu borada işlayapmiz va men vaziyatni juda diqqat bilan kuzatib boraman va har kuni hisobotlar olaman. Fakt şundaki, retranslyatorlar bugungi kunda işlamayapti», dedi Zelenskiy.

Bundan oldin nima bölgan?

19 iyun kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoga ultimatum e’lon qilib, Rossiya retranslyatorlarini öz hududidan olib taşlaş uçun bir hafta vaqti borligini aytgan edi.

Şuningdek, u bunday stansiyalar Belarusning Ukraina bilan çegaradoş ikki hududida joylaşganini ma’lum qildi va agar Lukaşenko buni qilmasa, Ukraina javob çoralarini körişini aytdi.

Keyinroq Zelenskiy Belarus hududida Rossiya agressiyasiga yordam beradigan korxonalar borligini ham aytdi. Prezident bunday harakatlar Moskvaga bosimga moslaşişga yordam berişini va tinçlikni yaqinlaştirmasligini ta’kidladi.