Venesuelaning bor-yöği 10,5 milliard dollar miqdoridagi oltin valyuta zaxirasi qolgan. Bu haqida mamlakat Milliy banki ma'lumotlariga tayanib, CNN Money xabar berdi. Yil yakuniga qadar davlat turli qarzlari böyiça 7,5 milliard dollar tölaşi kerak.

Sönggi bir neça yil davomida Venesuela zaxirasi barqaror qisqarib kelmoqda. 2011 yilda u 30 milliard dollarni taşkil qilgan. 2015 yilga kelib u 20 milliardga kamaygan. Venesuelaning pullari qaçon tugaşini oldindan aytiş qiyin, deyiladi naşrda. Şunday bölgan taqdirda, defolt e'lon qilinişi taxmin qilinmoqda. 

Qolgan 10 milliard puldan 7,7 milliardi oltinga joylangan.

Davlat neft narxining tuşişi tufayli ötkir moliyaviy muammolarni boşdan keçirmoqda. Hatto xom-aşyo bir barrel uçun 100 dollar bölgan vaqtda ham Venesuela byudjyet tomonidan rejalaştirilgan xarajatlarni qiyinçilik bilan ta'minlagan. 

Narxlar tuşganidan keyin vaziyat yomonlaşgan. Xususan import ikki karra qisqardi, bu esa aksariyat tovarlar yetişmovçiligi muammosini keltirib çiqardi. Joriy yilda inflyatsiya 1660 foizga yetişi kutilmoqda, 2018 yilda esa u 2880 foizga köpayadi. 

Neft yetkazib beriş Venesuela eksportining 90 foizini taşkil qiladi. Mamlakat dunyodagi eng yirik uglevodorodlar zaxirasiga ega.