Ma’lum qilinişiça, yöl infratuzilmasini takomillaştiriş, transport oqimini tartibga soliş hamda jamoat transporti harakati uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida Mustaqillik şohköçasida quriliş-ta’mirlaş işlari amalga oşiriladi.
Şu munosabat bilan 2026 yil 2 iyul soat 01:00 dan 13 iyul soat 06:00 ga qadar Mustaqillik şohköçasining Mirzo Uluğbek köçasi kesişmasidan Oqqörğon köçasigaça bölgan yönalişidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uçun yopiladi.
Qayd etilişiça, yöldagi yuklamani kamaytiriş va tirbandliklarning oldini oliş maqsadida quriliş işlari davomida qarama-qarşi qatnov qismida transport oqimiga qarab vaqti-vaqti bilan ikki tomonlama harakat taşkil etilişi mumkin.
Mas’ullar haydovçilardan yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklar uçun uzr sörab, harakat yönalişlarini oldindan rejalaştirişni söradi.















