09:42 / 30.03.2018
8717

Mudofaa vazirligi aviatsiyasi favqulodda vaziyatlarda qanday masalalar bo‘yicha jalb etilishi belgilandi

Foto: FVV

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi tasdiqlandi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur farmoyishda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan bartaraf etish va ogohlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining aviatsiyasidan foydalanish masalalari belgilab olindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining aviatsiyasi quyidagi masalalar bo‘yicha jalb etiladi:

O‘zbekiston Respublikasining tog‘ va tog‘oldi hududlarni aerovizual kuzatish, gidrometeorolgik vaziyatlarning rivojlanish dinamikasini tekshirish, geologik va boshqa omillarni, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni kuzatish;

favqulodda vaziyatlar hududiga qutqaruv xizmatining kuch va vositalarini tashish;

favqulodda vaziyatlar hududida kuzatuv ishlarini olib borish;

qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish;

favqulodda vaziyatlar hududidan jabrlanganlarni evakuatsiya qilish;

favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududga insonparvarlik yuklarini yetkazish;

Shundan kelib chiqib mazkur farmoyish ijrosini bajarish maqsadida joriy yilning mart oyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zgidromet, Davlat gelologiya qo‘mitasining Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati, Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda Pskem, Oygaing, Oxangaron, Oqbulok, Chodak, To‘palang, Sangardak Qamchiq dovoni kabi hududlardagi suv havzalarida ilk bor aerovizual kuzatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Mazkur kuzatuv ishlaridan ko‘zlangan maqsad: baland tog‘lardagi qor ko‘chishi, Pskem, Oygaing, Oxangaron, Oqbulok, Chodak, To‘palang, Sangardak hamda Qamchiq dovonida mavjud suv havzalaridagi qor qatlamining holatlarini aniqlash, shuningdek, Qamchiq dovonidagi qor ko‘chish xavfi mavjud hududda parvozni amalga oshirishdan iborat.

Top