Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi «Borsakelmas» davlat buyurtma qöriqxonasi va «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat boğining qöriqlov xodimlari tomonidan hamkorlikda 26 yanvar kuni reyd tadbirlari ötkazildi.
Unda soat 20:30 atrofida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qönğirot tumani, «Jasliq» posyolkasida yaşovçi fuqarolar J. Ye. va M. I. qonunga xilof ravişda mototransport vositasi yordamida tegişli ruxsatnomasi olinmagan ov miltiği bilan Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, yöqolib borayotgan noyob tur hisoblangan 13 boş jayronni otib, jonsiz holatda olib ketayotgan paytida uşlandi. Brokonerlardan bir dona ov miltiği, 35 dona öq, hamda jayron tanalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holat böyiça dastlabki suriştiruv işlari amalga oşirilib, hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda. Huquqbuzarlarga nisbatan çora köriş uçun tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, Orol tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasiga taqdim etiladi.

















