Yangi tartibga köra, davlat boğçasiga imtiyozli navbatga qöyiş uçun endi turli idoralarga boriş yoki hujjatlar töplaş talab etilmaydi.

Ariza beruvçi my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasi orqali röyxatdan ötib, «Bolani davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş» xizmatini tanlaşi hamda öziga tegişli imtiyoz toifasini körsatişi kifoya.

Şundan söng tizim ma’lumotlarni tegişli vazirlik va idoralarning axborot bazalari orqali avtomatik ravişda tekşirib, imtiyoz huquqini tasdiqlaydi.

Onlayn xizmatdan şartnoma böyiça harbiy xizmatçilar, içki işlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarning bolalari, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar, «Ayollar daftari»ga kiritilgan yolğiz ayollarning farzandlari, kam ta’minlangan va köp bolali oilalarning bolalari, talabalar hamda ta’lim muassasalari pedagoglarining farzandlari va qonunçilikda belgilangan boşqa imtiyozli toifalar foydalanişi mumkin.

Ariza yuboriş uçun fuqaro my.gov.uz portali yoki mobil ilovasiga kirib, xizmatni tanlaydi, zarur ma’lumotlarni töldiradi, davlat boğçasini hamda mavjud imtiyoz turini körsatgan holda arizani elektron şaklda yuborişi mumkin.