Toşkent şahrida çökayotgan ayol hamda uni qutqarmoqçi bölgan Milliy gvardiya xodimi halok böldi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinişiça, bir ayol Xotira xiyoboni yaqinida Bözsuv kanaliga özini taşlagan. Uning suvda oqib ketayotganini Milliy gvardiyaning Toşkent şahar boşqarmasi harbiy xizmatçilari körib qolgan. Xizmatçilardan biri ayolning hayotini saqlab qoliş maqsadida darhol suvga tuşgan.
Biroq kanaldagi kuçli oqim tufayli ayol ham, Milliy gvardiya xodimi ham suvga çökib, halok bölgan. Xabarda halok bölgan xodim 2005 yilda tuğilgani, yaqin kunlarda uning töyi ötkazilişi rejalaştirilgani aytilgan.
Ayolning jasadi voqea sodir bölgan kuni topilib, yaqinlariga topşirilgan. Harbiy xizmatçining jasadi ham qutqaruv xizmatlari tomonidan olib borilgan qidiruv işlari natijasida topilgan.
Avvalroq Çirçiqda Bözsuv kanaliga tuşib ketgan fuqaro qutqarib qolingandi.

















