Rossiyaga işlaş uçun ketgan samarqandlik Diyorbek öz hayotidagi eng oğir sinovlardan birini boşidan ötkazdi. U migratsiya masalasini hal qiliş taklifi berilgan joyga borganida, unga harbiy şartnoma imzolatilgan va keyinçalik Rossiya armiyasi tarkibiga tuşib qolganini aytmoqda.
Rus tilini bilmagani, hujjat mazmunini tuşunmagani sabab nimalarga imzo qöyayotganini anglamagan yigit bir neça oy davomida harbiy qismlarda bölgan.
Undan jang qiliş, maşğulotlarda qatnaşiş talab qilingan. Ammo u buni rad etganini bildirdi.
“Men ularning uruşida jang qilmayman. U mening Vatanim emas. Agar öz Vatanim bölganida, oxirigaça jang qilardim”, - deydi Diyorbek.
Uning aytişiça, rad javobidan keyin unga nisbatan bosimlar boşlangan. Kaltaklaniş, oçlik va oğir qiyinçiliklarga çidaşiga töğri kelgan. Biroq u jang qilişdan köra, boşqa qiyinçiliklarni kötarişni afzal bilgan.
Uning asosiy maqsadi bitta - u yerdan qoçiş edi.
Ozodlikkaça 790 kilometr
Diyorbek qoçişga qaror qilgaç, uning oldida yana bir katta sinov turgandi. U Voronejdan Moskva tomon yöl oldi.
Bu oddiy safar emasdi. Har qadam xavfli bölib, agar qölga tuşsa şu paytgaça körgan azoblaridan oğirroğiga mahkum bölişini bilardi. U xavfsizlik uçun maşina yoki poyezdda emas, piyoda harakat qildi. Fuqaro kiyimida, sumkasiga oziq-ovqat olib yölga tuşdi.
U qişloqlarga yaqinlaşmaslikka harakat qildi. Odamlarga körinmaslik uçun asosan örmonlar, temiryöl atroflari va katta yöllar yoqasidan yurdi.
Oziq-ovqati tugagaç, tirik qoliş uçun oğir şaroitlarga duç keldi.
“Keçalari çiqindilardan yegulik qidirgan paytlarim böldi. Ariq va kanallardagi suvlarni içişga töğri keldi", - deydi u.
Biroq uni qörqitgan narsa oçlik yoki yolğizlik emasdi.
"Men toğda ösganman. Örmonda qolişdan qörqmadim. Mening qörqqanim - yana tutib olişlari va ortga qaytarişlari edi", - deydi Diyorbek.
“Özbekiston bayroğini kördim, qörquv yöqoldi...”
14 kundan keyin u Moskvaga yetib bordi. Özbekiston elçixonasi binosi oldidagi bayroqni körgan lahzasini u alohida eslaydi.
















