Ijtimoiy tarmoqlarda Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikda ötkazilgan yiğilişda tuman hokimining qöpol munosabatidan söng vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Furqat tumani hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Hokimlik munosabatida keltirilişiça, joriy yil 18 iyun kuni tuman hokimligida yiğiliş ötkazilgan va unda mahalla fuqarolar yiğinlari raislari iştirok etgan. Yiğilişda mahalla raislari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan topşiriqlar berilgan.

“Yiğiliş tanqidiy ruhda ötgan, lekin tuman hokimi tomonidan şaxsga nisbatan haqoratli söz işlatilmagan. Kalduşon mahallasi raisi Şarifjon Abdullayev yiğiliş paytida soğligi bilan boğliq muammolar sabab faoliyatini töxtatmoqçiligini aytib, yiğilişni tark etgan. Hokimlik taşqi hovlisida soğligi yomonlaşgani tufayli tez yordam çaqirilgan, tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan”, deyiladi munosabatda.

Mahalla raisi şifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, şifoxonada vafot etgan.

Ma’lumot uçun, Farğona viloyatining Furqat tumaniga 2024 yil avgust oyidan buyon Elyor Asronkulov hokimlik qilib keladi.