200 dan ortiq milliy futbol assotsiatsiyasi Janni Infantinoning Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti lavozimiga qayta saylanişini qöllab-quvvatlamoqda. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berdi.

Infantino uşbu lavozimni 2016 yildan beri egallab kelmoqda. U ikki marta muqobilsiz asosda qayta saylangan. Aprel oyida FIFA rahbari törtinçi muddatga öz nomzodini qöyişni rejalaştirayotganini ma’lum qilgan edi. Saylov 2027 yil 18 mart kuni Marokaşda bölib ötadi. Nomzodlar 18 noyabrgaça körsatilişi kerak.

FIFAga a’zo assotsiatsiyalar yaqinda yuz bergan mojaroga qaramay, Janni Infantinoni qöllab-quvvatlaşini bildirdilar. AQŞ va Belgiya milliy jamoalari örtasidagi jahon çempionati 1/8 final öyini oldidan FIFA intizom qömitasi Donald Trampning qönğiroğidan söng, amerikalik hujumçi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini töxtatib turgan.

Hodisadan söng jurnalist Romen Molina Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) Janni Infantinoga qarşi nomzod körsatiş ustida işlayotganini yozdi. The Guardian ma’lumotlariga köra, FIFA 211 a’zosidan faqat bir neçtasi, jumladan, Germaniya futbol ittifoqi amaldagi prezidentni qöllab-quvvatlaş uçun xat yubormagan. Gazeta materialida ta’kidlanişiça, «Infantino aksariyat ovozlarni qölga kiritiş uçun Yevropaning qöllab-quvvatlaşiga muhtoj emas va har qanday holatda ham qit’aning katta qismi uning qayta saylanişini tasdiqlagan».