Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi nomidan soxta xabarlar tarqalayotgani aytildi
Ta’kidlanishicha, mazkur xabarlar fuqarolarni chalg‘itish, ularning ishonchini suiiste’mol qilish hamda shaxsiy yoki xizmatga oid ma’lumotlarni noqonuniy tarzda qo‘lga kiritishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati nomi bilan tarqatilayotgan, go‘yoki xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari tomonidan murojaat qilinishi haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga mos kelmaydi, deb ma’lum qildi qo‘mita axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, mazkur xabarlar soxta axborot bo‘lib, fuqarolarni chalg‘itish, ularning ishonchini suiiste’mol qilish hamda shaxsiy yoki xizmatga oid ma’lumotlarni noqonuniy tarzda qo‘lga kiritishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatiga oid barcha rasmiy axborotlar faqat qo‘mitaning rasmiy veb-sayti hamda rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.
Dilnoza Kattaxonova prezident farmoni bilan 10 iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
09:03 / 23.04.2026
Tadbirkorlarga soliq organlari nomidan soxta xatlar kelmoqda
17:43 / 03.03.2025
«Ayolga ehtirom» haftaligi o‘tkaziladi
21:24 / 02.07.2019
Fake news: soxta xabarlardan qanday saqlanish mumkin?
20:09 / 25.03.2019