Şavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkaziş uçun barça sohalarda, xususan, energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini ta’kidladi.

Hozir 25 ta texnika oliygohida bu yönalişda yiliga 5,5 ming mutaxassis tayyorlanmoqda.

“Oçiği, ta’lim amaliyot bilan boğlanmagani uçun bitiruvçining işga kirişib ketişiga 2-3 yil ketyapti”,  – dedi prezident.

Mas’ullarga bir oyda oliygohlardagi yoqilği-energetika yönalişlari böyiça ta’lim dasturlarini töliq yangilaş topşirildi. 1 sentyabrgaça laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslaştiriş boşlanadi.

Yangi öquv yilidan 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barçasi dual ta’limga qamrab olinadi. Çunki kelgusi 2-3 yilda quyoş va şamol generatorlari, elektr zaryadlaş uskunalari kabi yönalişlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo böladi.

Saudiya Arabistonining «ACWA» kompaniyasi Şirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoşni yangi kasblarga tayyorlamoqda. Yangi öquv yilidan Qoraqalpoğiston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham uşbu tajriba joriy etiladi.