Rasmiy kutib olish marosimi chog‘ida oliy martabali mehmonlar sharafiga O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif doirasida ikki davlat yetakchilari muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ularni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarboyjon rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.