Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov 8-avgust kuni Senat yalpi majlisida 2025-yil yakunlari böyiça korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi milliy ma’ruzani taqdim etdi.
Ma’ruzadan keyin sözga çiqqan Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Abdulhakim Eşmurodov ayrim statistik raqamlarni oçiqladi. Kun.uz senator aytib ötgan ma’lumotlarni 2024-yil bilan taqqoslagan holda keltirib ötadi.
Ma’lum bölişiça, 2025-yilda respublika böyiça sudlar tomonidan 7517 nafar şaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu – bir yil oldingidan (7354) 163 nafarga yoki 2,2 foizga köp.
2025-yilda korrupsionerlar davlat manfaatlariga 2,9 trillion sömdan ortiq zarar yetkazdi. 2024-yilda bu körsatkiç 2,81 trillion sömni taşkil etgandi.

Andijon viloyati korrupsion jinoyatlar böyiça “yetakçilik”ni saqlab qolmoqda: 2024-yilda bu viloyatda 882 kişi korrupsiya uçun sudlangan bölsa, 2025-yilda ularning soni 946 nafarga yetdi.
Ötgan yili Toşkent viloyatida 793 nafar (bir yil oldin – 697 nafar), Qaşqadaryoda 745 nafar (695), Samarqand viloyatida 709 nafar (643), Namangan viloyatida 549 nafar (877) şaxs korrupsion jinoyat sodir etgan.
Sohalar kesimida mahalliy hokimliklardagi korrupsiya holatlarining keskin köpaygani e’tiborli. 2024-yilda hokimliklarda işlovçi 106 nafar, 2025-yilda esa 497 nafar xodim korrupsion jinoyatlar uçun javobgarlikka tortilgan.
Bundan taşqari, soğliqni saqlaş (2024-yilda 342 nafar; 2025-yilda 404 nafar) va oliy ta’lim muassasalari (90, 161) xodimlari orasida ham korrupsiyaga qöl urganlar soni köpaygan.
Ayni paytda maktabgaça va maktab ta’limi tizimida (2024-yilda 654 nafar; 2025-yilda 580 nafar) hamda tijorat banklarida (271, 245) korrupsiya bilan qölga tuşganlar soni kamaygan.













