Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan jami 37 874 dona elektromobil import qilingan.
Olib kelingan elektromobillarning umumiy qiymati 447,7 million AQSh dollarini tashkil etgan.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,5 mingtaga ko‘p. Natijada elektromobillar importi bir yil ichida 2,6 barobarga oshgan.
Elektromobillarning mutlaq katta qismi Xitoydan olib kelingan. Olti oyda ushbu davlatdan O‘zbekistonga 37 560 ta elektromobil yetkazib berilgan.
Shuningdek, Hongkongdan 141 ta, Koreyadan 80 ta, Germaniyadan 42 ta va AQShdan 21 ta elektromobil import qilingan. Boshqa davlatlar hissasiga esa 30 ta elektromobil to‘g‘ri kelgan.
Shu tariqa, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston elektromobil bozorida import hajmining sezilarli o‘sishi kuzatilgan.











