Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PF–160-son farmoni bilan «Odil sudlov – 2030»: Yangi Özbekistonda inson huquqlarini işonçli himoya qiluvçi xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş strategiyasi tasdiqlandi.

Farmonga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan umumyurisdiksiya va ma’muriy sud yönalişlarida işlarni qayta körib çiqiş vakolatiga ega hududlararo sudlar taşkil etiladi. Ularning yurisdiksiyasi bir neçta ma’muriy-hududiy birlikni qamrab oladi.

Şuningdek, 2027-yil 1-iyuldan tergov sudyalariga protsessual majburlov çoralarini qöllaşga sanksiya beriş töğrisidagi iltimosnomalarni körib çiqişda qöşimça vakolatlar beriladi.

Xususan, tergov sudyasi şaxsni uşlab turişning qonuniyligi va asosliligini, şuningdek, gumon qiliş yoki ayblov e’lon qiliş uçun asoslar yetarliligini tekşiriş huquqiga ega böladi. Agar sudyada şubha tuğilsa, tergov siri saqlangan holda qöşimça hujjatlarni talab qilişi mumkin.

2027-yil 1-avgustdan esa yagona sud amaliyotini şakllantiruvçi Oliy sud rayosati qarorlarini belgilangan tartibda oçiq e’lon qiliş va muntazam yangilab boriş amaliyoti yölga qöyiladi. Buning uçun «Pretsedentlar» reyestri joriy etiladi.

Bundan taşqari, 2027-yil yakuniga qadar Oliy sudning my.sud.uz interaktiv xizmatlar portalining yangilangan mobil ilovasi işga tuşiriladi.

Şuningdek, portaldagi «Sudga murojaat namunalari» interaktiv xizmatini takomillaştiriş közda tutilgan.