AQŞ-Koreya maşğulotlari qisqartiriladi
Donald Tramp 16-avgust kuni Pentagonga Janubiy Koreya bilan 10 kunlik qöşma harbiy maşğulotlarni «sezilarli darajada qisqartiriş»ni buyurdi. AQŞ prezidenti buni maşğulotlar xarajati va Seulning Eronga qarşi harakatlarda iştirok etişdan boş tortgani bilan izohladi.
Maşğulotlar boşlanişidan bir neça soat oldin Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida post joyladi. Unda u AQŞ maşğulotlarda iştirok etişga rozi bölganidan «xursand emasligi»ni bildirdi. Şuningdek, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan «juda yaxşi munosabatlar»ga ega ekanini aytdi.
«Şimoliy Koreyadagi Kim Çen In bilan juda yaxşi munosabatlarim borligini hisobga olsak, Qöşma Ştatlar Janubiy Koreya bilan qöşma harbiy maşğulotlarda iştirok etişga allaqaçon rozilik berganidan noroziman», deb yozdi Tramp.
Ma’lumot uçun, 17-27 avgust kunlari Janubiy Koreyaning 18 mingga yaqin harbiy xizmatçisi iştirokida Ulchi Freedom Shield qöşma harbiy maşğulotlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Maşğulotlar dronlarga qarşi kuraşiş, GPS signallarini uzib qöyiş va kiberhujumlarni öz içiga olişi kutilmoqda. Janubiy Koreya tomoni maşğulotlar rejalaştirilganidek 17-avgust kuni boşlanganini ma’lum qildi, biroq Trampning gaplariga izoh berişdan boş tortdi.
Kuşner Hamas rahbari bilan uçraşdi
AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili va kuyovi Jared Kuşner Ğazo sektori böyiça tinçlik rejasini amalga oşiriş doirasida Misrda Hamas rahbariyati vakillari bilan uçraşdi.
Axios naşri ma’lumotlariga köra, Kuşner va Hamas vakillari örtasidagi muzokara qariyb 90 daqiqa davom etgan. Manbalar suhbatni «juda samarali» deb baholagan. Asosiy masala Hamasning qurolsizlaniş böyiça öz zimmasiga olgan majburiyatlarini amalda bajarişiga qaratilgan. Kuşner uçun Hamas rahbarlari bu majburiyatlarni öz zimmasiga olişi muhim bölgan. U Hamas vakillariga agar ular Isroil tomonidan ham kelişuvda közda tutilgan çoralar amalga oşirilişini istasa, qurolsizlaniş yölida aniq qadamlar taşlaşi kerakligini bildirgan.
Axios ma’lumotiga köra, muzokaralarda «Tinçlik kengaşi» boş direktori Nikolay Mladenov, Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri va kengaş a’zosi Toni Bler, şuningdek, kengaşning katta maslahatçilari Are Laytstoun va Liran Tankman iştirok etgan.
















