Mas’ullar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu parvozlar rejali tekshiruv ishlari doirasida amalga oshiriladi.
Tekshiruvlar vaqtida AVION laboratoriya havo kemasi poytaxtning turli hududlari uzra past balandlikda parvoz qilishi, shuningdek, odatdagidan farq qiluvchi manyovrlarni bajarishi mumkin.
Fuqarolardan bunday parvozlardan xavotirga tushmaslik so‘raldi. Qayd etilishicha, bu rejali tekshiruv jarayoni bo‘lib, xavotirga o‘rin yo‘q.









