Oʻzbekiston milliy jamoasi navbatdagi FIFA kunlarida bir qator oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazishi rejalashtirilgan.
OʻFA xabariga koʻra, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa 24-sentabr kuni Fargʻonada Eronga qarshi bahsda maydonga tushadi. Oʻyin «Istiqlol» stadionida boʻlib oʻtadi.
Bu yildan boshlab sentabr va oktabr oyidagi FIFA kunlari birlashtirildi va 21-sentabrdan 6-oktabrgacha davom etadi. Bu vaqt oraligʻida milliy jamoalar 4 tagacha oʻyin oʻtkazishi mumkin.
Oʻzbekiston milliy jamoasi 6-oktabr kuni safarda Janubiy Koreya bilan ham oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.









