Prezident tomonidan 11-sentabr kuni «Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalaştiriş töğrisida»gi qonun imzolandi.

Qonun sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalaştiriş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişni nazarda tutadi.

Hujjatga muvofiq, sudlar faoliyati faqat Özbekiston davlat byudjetidan moliyalaştiriladi. Bunda ajratiladigan mablağlar odil sudlovni töliq va mustaqil amalga oşiriş imkoniyatini taʼminlaşi kerak.

Navbatdagi yil uçun davlat byudjeti töğrisidagi qonunda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud hamda Sudyalar oliy kengaşi faoliyatini moliyalaştiriş uçun alohida mablağlar nazarda tutiladi.

Moliyalaştiriş uçun ajratilgan mablağlarni taqsimlaş ham tegişli sud hokimiyati organlarining özi tomonidan amalga oşiriladi. Xususan, Konstitutsiyaviy sud uçun ajratilgan mablağlarni Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud mablağlarini Oliy sud, Sudyalar oliy kengaşiga ajratilgan mablağlarni esa Kengaşning özi taqsimlaydi.

Harbiy sudlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, şuningdek, hududiy maʼmuriy, fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va boşqa sudlarga ajratilgan mablağlarni taqsimlaş Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlaş departamenti tomonidan amalga oşiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.