Vazirlik maʼlumotiga koʻra, hujjat 2026-yil 28-sentabrda 3945-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Roʻyxatda kesarcha kesish amaliyoti uchun 31 ta tibbiy koʻrsatma belgilangan. Ular tugʻuruqni qabul qiluvchi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida qoʻllanadi.
Hujjatga muvofiq, kesarcha kesish amaliyoti shoshilinch, kechiktirib boʻlmaydigan, rejalashtirilgan va rejali guruhlarga tasniflanadi.
Shuningdek, amaliyotning salbiy oqibatlari haqida homilador ayolni xabardor qilish va uning ixtiyoriy roziligini olish belgilangan.

















