Jizzax viloyatining Ğallaorol tumani hududida joylaşgan Nurota toğ tizmasidan paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi, deb xabar beradi Madaniy meros agentligi.
Qayd etilişiça, 28 apreldan 6 mayga qadar Madaniy meros agentligi hamda Yahyo Ğulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti Toş davri bölimi xodimlari tomonidan Nurota toğ tizmasining şimoli-ğarbiy qismida dala tadqiqot-qidiruv işlari olib borilgan.
Tadqiqotlar jarayonida tarixiy ahamiyatga ega qator arxeologik manzillar aniqlanişiga erişilgan. Xususan, Ögat qişloğining ğarbiy qismida sönggi paleolit davriga oid ibtidoiy kişilarning yaşaş makoni qayd etilgan. Izlanişlarning dastlabki tahlillari bu hududda ming yillar avval insonlar doimiy yoki mavsumiy istiqomat qilganini körsatmoqda.
Qoropçi qişloğining şimoliy etaklarida esa neolit davriga mansub ikkita yangi makon aniqlangan. Topilgan manzillar insoniyatning dehqonçilik va çorvaçilikka ötiş davriga oid muhim ma’lumotlarni öz içiga oladi.
Yonboştut qişloği şimolida joylaşgan «Beşbuloq» nomli makon ham neolit davriga tegişli bölib, bu yerda qadimgi jamiyatlarning ijtimoiy va madaniy hayotiga doir izlar topilgan.
«Mazkur arxeologik topilmalar Özbekiston hududida eng ibtidoiy odamlarning yaşaş tarixini örganişda muhim qadam bölib xizmat qiladi. Tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Kelgusida topilmalarning ilmiy tahlillari asosida kataloglar, maqolalar va körgazmalar tayyorlanişi rejalaştirilgan», — deyiladi xabarda.













