Özbekistonga kirib kelayotgan kimyoviy va biologik preparatlar tekşirilyaptimi? – biolog bilan suhbat
|19:04 / 10.10.202610 50118 min
Ösimliklarga borgan sayin köproq kimyoviy va biologik preparatlar işlatilyapti. Buning oqibati nima böladi, Yaratganga ayon. Siz-u biz esa bir savolni berişga haqlimiz: mamlakatga kirib kelayotgan moddalar tekşirilyaptimi? Zararlarni yumşatiş uçun yetarli çora-tadbirlar körilyaptimi? Xatarlar çamalanyaptimi? Bu xususda biologiya fanlari doktori Baxtiyor Rasulovga savollar bilan murojaat qildik.
Baxtiyor Rasulov: Avvalo şuni aytiş kerakki, bu mavzuda gapiriş, keng jamoatçilik va masʼul idoralarga bugun keçayotgan jarayon haqida maʼlumot yetkaziş kerak. Siz savolni töğri qöydingiz, çunki keyingi vaqtlarda Özbekiston qişloq xöjaligida qöllanayotgan kimyoviy vositalar juda köpayib ketdi.
Qişloq xöjaligida keng qöllanayotgan vositalarni şartli ravişda ikki turga bölsak böladi: kimyoviy va biologik vositalar. Kimyoviy vositalar - taʼsir etuvçi moddasi kimyoviy tabiatga ega bölgan preparatlar. Bular fungitsidlar, insektitsidlar, gerbitsidlarni öz içiga oladi. Biologik vositalar esa taʼsir etuvçi moddasi tirik hujayraga asoslangan vositalar. Bular köproq biologik öğitlar, biopreparatlar, biofungitsidlar kabi preparatlarni öz içiga oladi. Har ikki tur uçun alohida talablar mavjud.
Avvalo, çetdan olib kelinayotgan kimyoviy vositaning asosiy taʼsir etuvçi moddasi aniqlanişi kerak. Masalan, preparat tarkibida A modda bor deyilgan bölsa, Özbekistondagi masʼul laboratoriya buni tekşirib, tasdiqlaganidan söng keyingi sinovlarga ruxsat beriladi. Aksariyat hollarda tarkib haqidagi maʼlumotni işlab çiqaruvçi firma yoki kompaniyaning özi töldirib beradi. Biz işonç hosil qiliş uçun uni laboratoriyada tegişli asbob-uskunalarda tekşirib olişimiz kerak. Buning qiyin joyi yöq. Ilmiy-tadqiqot institutlarida kimyoviy, xususan, organik moddalarni aniqlaşning barça usullari özlaştirilgan. Ammo moddalarni röyxatga oluvçi idoralarimizda bu işlar qilinadimi, yöqmi - menga qoronği.
Şokir Şaripov: Har qanday preparat kiritilayotganda uni tekşirişimiz kerakligi qoidaga kiritilganmi?
Mavzuga oid
Baxtiyor Rasulov: Bor. Birinçi ilovaning uçinçi bandida preparatning savdo nomi, maʼlum sinonimlari, törtinçi bandida ISO böyiça taʼsir etuvçi modda nomi yozilgan. Ikkinçi ilovada fizik-kimyoviy xususiyatlar deyilgan. Taʼsir etuvçi moddaning ISO, IUPAC, CAS RN böyiça nomi, strukturaviy formulasi, empirik formulasi, molekulyar oğirligi, agregat holati, rangi, hidi va qator xususiyatlari belgilangan.
Şokir Şaripov: Biz örganişimiz kerak bölgan xususiyatlarni aytyapsiz-a?
Baxtiyor Rasulov: Yöq, bu hujjatni odatda işlab çiqaruvçi kompaniyaning özi töldirib beradi. Lekin mening qatʼiy fikrim şuki, firma haqiqatan şu moddani taqdim etyaptimi yoki yöqmi - bu Özbekiston tomonidan tanqidiy körib çiqilişi kerak.
Şokir Şaripov: Sizningça, şu narsa qilinmayapti.
Baxtiyor Rasulov: Menimça, bu narsa qilinmasa kerak. Agar qilinsa, röyxatga oluvçi idoralar bu haqda maʼlumot taqdim etişlari mumkin.
Şokir Şaripov: Oçiq bölişi kerak. Men ham köra olişim kerak.
Baxtiyor Rasulov: Şunday. Yoki mening fikrimga raddiya sifatida: «Mana bu preparat tarkibidagi taʼsir etuvçi moddaning kimyoviy, fizik-kimyoviy xususiyatlarini falon laboratoriyada aniqlab, mana bu xususiyatlarini topganmiz. Kimyoviy formulasi bu, umumiy modda tarkibidagi massa uluşi şunça, quyidagi qöşimça moddalar uçraydi», deb maʼlumot berişlari mumkin.
Men Özbekiston vakiliman, davlat manfaatini himoya qiluvçi inson sifatida nima qilişim mumkin edi, degan savolga javob beryapman. Demak, şu narsani tekşirib olişimiz kerak. Çetdan kirayotgan preparat tarkibida şu modda borligiga işonç hosil qilsak, keyingi sinovlarga ruxsat beramiz.
Uçinçi ilovada toksikologik-gigiyenik tavsifi keltirilgan. Buni tarjima qilib aytyapman, odatda rus tilida böladi. Unda qator talablar berilgan. Birinçisi - ötkir peroral toksiklik. Siçqon, kalamuşda tekşirilişi kerakligi aytilgan: LD50, ötkir taʼsir çegarasi. Ikkinçisi - ötkir teri toksikligi. Uçinçisi - ötkir ingalyatsion toksiklik. Törtinçisi - toksik taʼsir mexanizmi. Şu tarzda davom etadi. Yaʼni biologik obyektga taʼsiri tajriba hayvonlarida örganiladi.
Şokir Şaripov: Qanday holatlarni kuzatib, şu xulosaga kelyapsiz?
Baxtiyor Rasulov: Hozir rasmiy savdoga ruxsat berilgan köplab preparatlarning taʼsir etuvçi moddalari Yevropa Ittifoqi va Amerika tomonidan taqiqlangan.
Şokir Şaripov: Rivojlangan davlatlarda taqiqlangan komponentlar bizga kirib kelyapti, demoqçisiz.
Baxtiyor Rasulov: Şunday. Bundan taşqari, preparatlarning tuproqda, suvda, oziq-ovqat yoki qişloq xöjaligi mahsulotlarida saqlaniş muddati, parçalaniş oraliq mahsulotlari örganilişi kerak. Bularni töliq tavsiflamasdan turib, preparatlarni röyxatga oliş qiyin. Men olim sifatida şunday fikrdaman: agar şu talablar bajarilsa, Özbekistonda röyxatga olingan preparatlarning öndan biri qolişi mumkin...
Masalan, bu yil 1 gramm zahar işlatsak, keyingi yil u taʼsir qilmaydi. Endi 2 grammga çiqaramiz. Şu tarzda bu vositalarning qöllaniş meyorlari, konsentratsiyalari geometrik progressiya kabi oşib bordi va yangi muammolarni keltirib çiqardi. Şu zaharlar ortidan kasallik qözğatuvçi viruslar, bakteriyalar, patogen zamburuğlarning çidamli şakllari, avlodlarini öz qölimiz bilan yaratib oldikmi? Ha! Endi ularni yöq qiliş uçun zahar miqdorini oşiryapmizmi, yangi, kuçli zaharlarga ehtiyoj tuğilyaptimi? Ha!
Bu, birinçi navbatda, odamlarning öziga taʼsir qilyapti. Nima uçun bolalarda onkologik kasalliklar rivojlanib ketdi? Ayrim taʼsir etuvçi moddalarning taqiqlanişiga ham onkologik kasalliklarni keltirib çiqariş ehtimoli borligi sabab bölgan. Biz zahar qöllamasak, hosil ololmaymiz, degan tuşunçaga keldik va şu fikrda qattiq turibmiz.
Şokir Şaripov: Buning ustiga, hali tekşirmasdan kirib kelayotgan tonnalab preparatlar qöşilyapti.
Baxtiyor Rasulov: Yozda Davlat xavfsizlik xizmati bu sohaga masʼul bölgan Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan korrupsiyaga yöl qöyilgani, zarar kölami 90 milliarddan ortiq bölgani haqida rasmiy maʼlumot eʼlon qildi. Demak, bu yerda siz bilan bizni şubhaga solgan işlar bölişi mumkinmi yoki yöqmi? Nima uçun aniq aytolmayman? Çunki bizda faktlar yöq.
Şokir Şaripov: Jurnalistikaning qiyin tarafi - fakt talab qilişadi. Lekin biz kuzatib turgan holatlar bor. Siz masalan, fakt keltiryapsiz. Şundan kelib çiqib, juda katta xulosalarni çiqarsa böladi. Millat xavfsizligi haqida gap ketayotganda, «faktim yöq» deb jim tura olmaymiz-da.
Baxtiyor Rasulov: Şunday. Biz buni qayerdan bilamiz? Har yili Özbekiston qişloq xöjaligida qöllaşga ruxsat etilgan kimyoviy vositalarning röyxati - reyestri eʼlon qilinadi, kitob holida naşr etiladi. Qaysi preparatlar röyxatdan ötkazilganini öşa yerdan bilib olamiz. Ayrim işlab çiqaruvçilar va sotuvçilarning rasmiy veb-saytlarida ham mahsulotlari eʼlon qilinadi.
Muammoni yaşirişimiz kerak emas. Bu işga masʼul bölganlar ham, jamoatçilik ham şuning içida yaşayapti, yaşaşga mahkum. Masʼullar ham öylab qöyişi kerakki, ular zahar sepilgan daladagi buğdoyning nonini yeydi. Biz çet eldan non olib kelib yemaymiz, töğrimi? Yoki beda örimi arafasida unga ommaviy ravişda haşarot tuşadi. Zahar işlatilmasa, bedaning bargi qolmaydi. U bedani mol yeydimi? Molning suti, göşti, yoği böladimi? Masʼul xodim ham çetdan sut olib keltirib içmaydi-ku. Uning bolasi, oilasi, qarindoş-uruği, ota-onasi ham himoya qilinmagan-ku.
Biz birgalikda kuraşişimiz kerak. Bu faqat sizning yoki mening muammom emas. Foydani çet ellik kompaniyalar, bu zaharlarni kiritayotganlar köradi. Bizga xalq, millat, davlat sifatida bir tiyinlik foydasi yöq. Keskinroq aytişga majburman: mayli, 5–10 foiz kamroq hosil olaylik, lekin kasal bölmaymiz, soğlom yaşaymiz.
Men dalalarni aylanaman, viloyatlarga boraman, köp eşitganman, körganman, guvoh bölganman. Bu işga boş qöşgan, şuning içida yurgan odamlarning köpi ölib ketdi. Köpi kasal, onkologik kasallikka çalingan. Farzandlari azob tortyapti. Bu masalani yaşiradigan, xaspöşlaydigan davrdan ötdik. Endi aytişimiz, körsatişimiz kerak. Çunki muammo körinib turibdi.
Ikkinçi masala: ikki-uç yildan beri Özbekistonda asalarilar ommaviy qirilyapti, hovuç-hovuç bölib. Ön-ön beş yil oldin bitta-ikkita sanardi. Keyingi yillarda esa hovuç-hovuç qilib körsatilyapti.
Şokir Şaripov: Yana bir mavzu. Xitoyning paxta yetiştiriş texnologiyasini olib kirdik, işlatyapmiz. Şu texnologiyani kimdir oxirigaça örgandimi? Nimani olib kiryapmiz? Töğri, fermerlar yaxşi hosil olyapti. Lekin mening tuşunişimça, heç bir narsa havodan paydo bölmaydi. Hosil ham qayerdandir yuzaga keladi. Şu texnologiyaning qisqa va uzoq muddatli taʼsirini kimdir örgandimi? Tekşiruvdan ötkazib qöllayapmizmi yoki kör-körona qöllayapmizmi?
Baxtiyor Rasulov: Menimça, tekşiruvdan ötmadi şekilli, sinovlar hali davom etyapti. Tekşiruvdan ötdi degan gapni eşitmadim. Hosildorligidan boşqa yaxşi, foydali xususiyati haqida ham eşitmadim.
Şokir Şaripov: Yaʼni tekşirib Özbekistonga kiritişi kerak bölgan masʼul taşkilotlar hozir çekkada turibdi, desa böladimi?
Baxtiyor Rasulov: Balki şunaqadir. Lekin özimizning yaxşi anʼanaviy navlarimiz bölgan. Masalan, «AN-Boyovut» navlari Özbekistonning şörlangan tuproqli hududlarida, Jizzaxda, Sirdaryoda ekilib, yaxşi hosil olingan. «Sulton» navlari bölgan. Bizning institutimizda ham qança navlar, masalan, «Kelajak» navlari yaratilgan. Lekin nimagadir ommalaşmadi. Xohlaymizmi, yöqmi, baribir milliy genofondga qaytamiz, degan işonçim bor.
Şokir Şaripov: Balki masala faqat navlarda emasdir, nav atrofida butun boşli texnologiya kerak. Demak, xitoyliklar faqat navini sotayotgani yöq, butun texnologiyasini tarqatyapti.
Baxtiyor Rasulov: Ha.Bizning paxta navlarimiz hosildorligining tuşib ketişi ularning eskirişidan emas, tuproq-iqlim şaroitining özgarişi bilan boğliq. Buni rasmiylarimiz, yuqoridagi idoralar tan oladimi, eʼtiborga oladimi, yöqmi - bilmayman.
Oddiy misol: ilgari ğöza parvarişi örtaça tört-beş-olti marta suğorişga asoslangan edi. Şunça marta suğorsangiz, ğöza şunça marta oziqlangan hisoblanadi. Sababi, öğit suvda erigaç, ösimlik uni özlaştirgan. Hozir suv bilan boğliq muammolar bor. Ilgarigidek tört-beş-olti marta suğora olmayapmiz, örtaça bir-ikki marta suğoryapmiz. Demak, oziqlantiriş ham şunça marta qisqardi. Oziqlantirişning muqobil variantlari, masalan, bargdan oziqlantiriş usullari bor.
Özbekistondagi aksariyat ilmiy taşkilotlar, muassasalar, universitetlar qaysi sohada faoliyat olib bormasin, asosiy işlanmalari qişloq xöjaligiga qaratilgan. Seleksiya, genetika, uruğçilikda bu öz-özidan ravşan. Mikrobiologiya institutining aksariyat işlanmalari ham qişloq xöjaligi uçun: kasalliklarga qarşi kuraşuvçi, ösimliklarning ösişi, rivojlanişini qöllab-quvvatlovçi, kasallikka çalinişining oldini oluvçi, hosildorligini oşiruvçi va tuproqlarni soğlomlaştiruvçi biologik preparatlar. Ösimlik moddalari kimyosi institutida ham qişloq xöjaligi uçun foydali köplab kimyoviy moddalar aniqlangan. Bioorganik kimyo institutidagi işlanmalar ham bor. Hatto nanotexnologiya böyiça köplab işlanmalar ham qişloq xöjaligiga yönaltirilgan. Bizning aksariyat öy-xayollarimiz, işlanmalarimiz qişloq xöjaligiga qaratilgan. Nahotki davlatning şunça mablaği sarflangan işlanmalardan foydalanmasdan, çet el texnologiyalaridan foydalanişimiz kerak?
Bizning işlanmamiz oddiy, sodda, arzon. U Özbekistonning bugungi tuproq-iqlim şaroiti va voqeligidan kelib çiqqan. Bizda asosiy muammo şörlaniş emas, tuproqlarning qattiqligi, unda erimaydigan karbonatlar miqdorining köpligi va buning çigit unuvçanligiga taʼsiri. Biz çigitning unişiga yordam beriş, çinbarg çiqarganda birinçi oziqlantiriş, 7–10 kundan keyin ikkinçi, birinçi suğorişdan oldin uçinçi oziqlantirişni közda tutuvçi texnologiya işlab çiqdik. Şu asosda yuqori hosildorlik texnologiyalari yaratilgan. Bunday texnologiyalar Özbekiston institutlari tomonidan köp taklif qilingan, lekin ommalaştirilmayapti.
Şokir Şaripov: Keling, bevosita takliflarga ötaylik. Köp resurslarimizni tilga oldik. Olim va amaliyotçi sifatida nima deysiz: ularni umumlaştiradigan bir markaz kerakdir? Masalan, paxta yetiştirişning milliy texnologiyasini yaratiş uçun.
Baxtiyor Rasulov: Yöq, bizda paxtaçilik kengaşi ham bor-da.
Şokir Şaripov: Işlamaydi.
Baxtiyor Rasulov: Yöq, işlaydi.
Şokir Şaripov: Nega unda bizda siz aytayotgan narsalar yöq?
Baxtiyor Rasulov: Balki kengaşning fikri…
Şokir Şaripov: Nima deb öylaysiz? Menga şaxsiy, subyektiv fikringiz kerak. Siz biroz kinoya bilan aytyapsiz, «işlamayapti» deyişga majbursiz. Balki jamoat taşabbusi, nodavlat notijorat taşkiloti, jonkuyarlar yiğini sifatida men, siz va boşqalar yiğilib, qandaydir özgarişlar qilişimiz kerakdir?
Baxtiyor Rasulov: Qilsa bölarmikin, deyman-da. Töğrisi, fuqaro sifatida köp taşabbuslardan çarçaganman. Bu jarayonga taʼsir eta olmasligimni bilaman va takliflarim inobatga olinmasligiga işonçim köproq.
Maqtaniş bölsa ham aytişim kerak: olimlar bir neça qadam oldinda. Hozir Özbekistonda paxta, buğdoy yoki boşqa ekinlar yetiştirilyapti, biz esa bundan oldinga ötib ketganmiz. Qişloq xöjaligida nanotexnologiyalarni qöllaş haqida boş qotiryapmiz, aqlli qişloq xöjaligi va aqlli öğitlar ustida işlayapmiz. Şuning uçun biz bilan muloqot kerak. Xitoyni iqtisodiy jihatdan yuksaltirgan eng muhim narsa - ilm-fan yutuqlarini amaliyotga integratsiya qiliş, tijoratlaştiriş. Ularda bu aloqa uzilmagan.
Şokir Şaripov: Bizda uzilgan.
Baxtiyor Rasulov: Ha, bizda şu narsa muammo.
Şokir Şaripov: Yeçimlar, takliflaringiz bormi? Nima qiliş kerak? Markaz kerak emas ekan, jamoat taşkilotiga ham umid bildirmayapsiz. Xitoyning yondaşuvi bizning yondaşuvimizdan nimasi bilan farq qiladi?
Baxtiyor Rasulov: U yerda olimning fikri inobatga olinadi. Bizda davlat tomonidan ilm-fanni moliyalaş böyiça hozir muammo qolgani yöq. Deyarli har oyda, ikki oyda bir yoki har çorakda yangi tanlovlar eʼlon qilinadi. Ertaga Belarus bilan qöşma loyihalar tanlovi yakunlanadi, muddati 10 kunga çözib berildi. Undan keyin Turkiya bilan tanlov bor. Özimizning amaliy va fundamental loyihalar tanlovlari ham bor. Davlat juda katta resurs sarflayapti. Fanlar akademiyasida katta islohotlar bölyapti. Men Fanlar akademiyasi yoki Innovatsion rivojlaniş agentligini tanqid qilmoqçi emasman. Ular öz işini qilyapti, funksiyasini bajaryapti. Fanlar akademiyasidagi institutlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari keragidan ortiq iş qilib berdi deb öylayman.
Bugun Scopus bazasidagi Xirş indekslarini kördim. Ilgari, 10–15 yil oldin Özbekistonda 3, 4, 5 Xirş indeksiga ega böliş alohida voqelik hisoblanardi. Sanoqli olimlarimizning Xirş indeksi yuqori edi. Hozir 9–10 örtaça körsatkiç bölib qoldi. Özimnikini kördim, mendan oldin qança olim bor. Eng asosiysi - yoş olimlar. Özbekistonda olimlarning yoşi yoşarib, saviyasi ortib boryapti. Sifat, miqdor, tarkib ijobiy tomonga özgaryapti.
Şunça olim kimga işlayapti? Bu yerda faqat qişloq xöjaligi emas, iqtisodning boşqa sohalari ham bor. Hammasi bilan muloqot örnatilişi kerak. Fanlar akademiyasida har bir institutning işlanmalari, eʼlon qilgan maqolalari, kitoblari haqida maʼlumotlar yiğiladi. Qiziqqan taşkilotlar sörasa, röyxatini berişadi. Milliy mahsulot, milliy brend sifatida taklif qilingan qança narsalar bor.
Xitoyning iqtisodiy möʼjizasi asosida qişloq xöjaligi islohoti yotadi deb eşitganman, öqiganman. Turtki aynan şu islohot bölgan. Qişloq xöjaligi - muhim, strategik soha, xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham. Çunki qişloq xöjaligini himoya qilsangiz, iqtisod himoyalanadi. Iqtisod himoyalansa, jamiyat va davlat himoyalanadi.
Şokir Şaripov: Menga qiziq: Xitoy mulozimining miyasida nima borki, u siz aytgandek harakat qilyapti? Bizning mulozimimizning miyasi qanday işlayapti?
Baxtiyor Rasulov: Men Northwest universitetiga borganimda, safarning ikkinçi kuni işlab çiqariş kompaniyalari bilan uçraşuv böldi. Ilmiy işlarni mahsulotga aylantirişga qiziqqan kompaniyalar bilan yuzma-yuz muloqot böldi. Özbekistonda bunday muloqotlar bölganini eslolmayman. Xitoyda esa bunday suhbatlarga köp guvoh bölganman. 2012-yildan 2018-yilgaça qisqa tanaffuslar bilan u yerda - fizika va kimyo institutida, ekologiya va geografiya institutida işlaganman. Ularda qişloq xöjaligi yoki iqtisoddagi muammolarni hisobga olgan holda ilmiy işlar olib boriladi va tez tijoratlaştiriladi.
Men ularni oppoq qilib körsatmoqçi emasman. Ularda ham bizdagi muammolarning yuz marta, balki ming marta oğir şakllari bor. Asalarilar muammosi, ekologik muammolar ularda ham bor. Lekin özgarişlar tez, jarayondan qolib ketişmaydi. Çunki ular ham biladi: ikki-uç-tört-beş yildan keyin texnologiya, mahsulot eskiradi. Yangi narsalarga ehtiyoj tuğilganda, ilmiy tadqiqot tez javob beradi. Çunki fan kamida beş-ön yil oldinda yuradi. Olimlarning tafakkuri tezroq işlaydi. Bu jarayon doimiy davom etişi kerak. Olimning butun öy-xayoli şu.
Hozir balki, 10–15 foiz bölişi mumkin, lekin ilm bilan şuğullanayotgan, ilmiy tadqiqot olib borayotganlar orasida tasodifiy olim qolgan emas. Hammasining öz ilmiy muammosi bor, şu atrofida işlayapti. Demak, ular davlat uçun işlayapti. Men özimni davlatning askari deb bilaman, çunki uning manfaatlarini himoya qilişga harakat qilaman. Maqsad şu, niyat şu. Şuning uçun öz olimlarimizni begona qilmasdan, ularning salohiyatidan foydalaniş kerak. Ular har qanday holatda xizmat qilib beradi. Çunki bu toifa fidoyi böladi: oylik berilsa ham, berilmasa ham, şaroit oğir bölsa ham ilmda yuraveradi. Içida ilmga işq bor. Şuning uçun muloqot doimiy bölişi kerak. Faqat «galoçka» uçun, rasmiy yoki majburiy emas, ixtiyoriy bölişi kerak.