“Agar dunyoda qurğoqçilik tempi şunday ketadigan bölsa, bizning Özbekistonda ham yaqin kelajakda dehqonçilik qiliş oğirlaşadi”, – deydi biolog olim Baxtiyor Rasulov. U Kun.uz bilan suhbatda mamlakatga qurğoqçilik muammosi xavf solayotgani, suv resurslarining keskin yetişmovçiligi jiddiy masalalarni keltirib çiqarişini, qişloq xöjaligida an’anaviy usullardan voz keçib, yangi ilmiy metodlarga ötiş kerakligini ta’kidladi.

Global iqlim özgarişi, xususan, havo haroratining keskin kötarilişi fonida dunyoda yirik ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Ba’zi hududlarda suv sathining kötarilişi, toşqinlar, qurğoqçilik kabi ofatlar kuzatilyapti. Bu esa ekovaziyatning izdan çiqayotganiga bir signaldir. Dunyoga xavf solayotgan muammolar Markaziy Osiyo, xususan, Özbekistonni ham çetlab ötayotgani yöq. Joylarda suv resurslarining yetişmovçiligi sohalarga, ayniqsa, qişloq xöjaligiga ta’sir qilişni boşlagan.

Xöş, bunday vaziyatda sohaning kelgusi körinişini qanday tasavvur qilişimiz kerak? Oldinda bizni yana qanday jiddiy masalalar kutib turibdi? Mutaxassislar bunga yeçim bera oladimi? Kun.uz Özbekiston Fanlar Akademiyasi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, biolog olim Baxtiyor Rasulov bilan şu haqda suhbat taşkil qildi. 

“Glyatsiologiya degan fan bor, u muzliklarni tadqiq etadi. Fan bergan xulosalarga köra, biz abadiy deb bilgan muzliklar intensiv erişi, dunyo okeanlar sathi kötarilişi, haroratning kötarilişini keyingi 10-20 yil davomida körişimiz mumkin. Bu esa öz navbatida dunyoda suv resurslarining tanqisligiga sabab bölayotganini bugungi kunda ham kuzatyapmiz. Buni faqat Özbekiston uçun xos bölgan fojia deb bilmaslik kerak, dunyodagi özgarişlarning bir qismi sifatida bizning mamlakatda ham sezilmoqda. 

Suv resurslarining asta-asta çeklanib borayotgani, ayniqsa, qişloq xöjaligida sezilmoqda. Masalan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşda bu juda muhim bir vosita hisoblanadi. Yildan yilga suv resurslariga boğliq holda tuproqlarning şörlanişi, ekilayotgan ekinlarning hosildorligi kamayib borişi, dehqonçilik uçun xarajatlarning ortib borayotgani, qişloq xöjaligi ekinlarida virus, bakteriya, zamburuğ tabiatli kasalliklarning avj olayotgani katta salbiy oqibatlarning mantiqiy davomi sifatida köriş mumkin. 

Hozirda Özbekistonning qişloq xöjaligida ikkita katta ekin turi: buğdoy va ğöza (paxta) ekiladi. Quyoşli kunlarda vegetatsiya (köpayiş) uçun qulay bölgan şaroitlarda dehqonçilik qilarkanmiz, istaymizmi yoki yöq, albatta, suv resurslariga ehtiyoj sezamiz. Bundan taşqari, hosildorlikni oşirişda, aholining oziq-ovqatga bölgan talabini qondirişda yana öşa suv juda ahamiyatli.