“Cruise ship” özbek tilida “sayohat kemasi” ma’nosini beradi. Bunday kemalarning yuk taşuvçi laynerlardan farqi faqat sayohat uçun möljallanganida. Şunday laynerlardan biri “Icon of the Seas”(Dengizlar ramzi) öz sayohatini boşlaş arafasida.

Icon of the Seas

“Dengizlar ramzi” nimasi bilan hayratlanarli?

Finlandiyadagi Meyer Turku zavodida işlab çiqarilgan “Dengizlar ramzi” 22 iyun kuni özining oçiq dengizga ilk sinov suzişini yakunladi. Ma’lum bölişiça, sinovlar davomida “Icon of the Seas” yuzlab kilometr yöl bosib ötgan. Uning dvigatellari, korpus, tormoz tizimlari, rul boşqaruvi, şovqin va tebraniş darajalari tekşiruvdan ötkazilgan. Oktyabrda sayohatini boşlaşi kerak bölgan kema şamol tufayli 2024 yilning yanvarida safar qiladigan bölgan.

Royal Caribbean International kompaniyasiga tegişli bölgan bu layner sayohatçilar orasida yaxşigina şov-şuvlarga sabab bölyapti. Çunki u ayni vaqtda dunyodagi eng katta “suzuvçi mehmonxona” deb e’tirof etilyapti.

Uzunligi 365 metr, oğirligi 250 tonna 800 kilogramm. Ulkan layner 5610 yölovçi va 2350 nafar ekipajni öz içiga oladi. Kema 20ta palubadan iborat, 8ta mahallaga ega.

Turar joy qismi dengizdagi eng katta suv parki bölişi kutilyapti. Kema içida “Category 6” deb nomlangan 6ta suvli attraksion bor.

Royal Caribbean International kompaniyasi bunday kemalar quriş tajribalarini 50 yildan beri amalga oşirib keladi. “Dengizlar ramzi” layneridan oldin kompaniyaning “Wonder of the Seas” layneri dunyoning eng katta sayohat kemasi sifatida tanilgandi.