Uşbu tölov usuli yanada xavfsiz va maxfiy bölib, mijozlarga bank kartasi maʼlumotlarini qölda kiritmasdan tölaş imkonini beradi hamda har bir tranzaksiyani himoyalaş uçun iPhone’ning örnatilgan xavfsizlik texnologiyalaridan foydalanadi.

Click’ning Apple Pay ulangan hamkori saytida xarid qilayotganda Click tölov sahifasida Apple Pay’ni tanlaş kifoya. Har bir tölov Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli orqali tasdiqlanadi. Qöşimça himoya uçun har bir operatsiyada faqat bir marta işlatiladigan noyob dinamik xavfsizlik kodidan foydalaniladi. Click tölov sahifasida Apple Pay orqali tölaş uçun Apple Wallet’ga uşbu xizmatni qöllab-quvvatlaydigan Visa yoki Mastercard kartasi qöşilgan bölişi kerak.

Kompaniyalar Apple Pay’ni Click bilan mavjud integratsiyalari orqali faollaştirişlari mumkin. Buning uçun Apple bilan alohida texnik integratsiya qiliş talab etilmaydi. Tölovlarni yaratiş, hisob-kitoblar, hisobotlar va mablağlarni qaytariş jarayonlari avvalgidek Click orqali amalga oşiriladi.

Xizmatdan foydalanişni boşlaş uçun kompaniyalar ariza qoldirişlari mumkin. Apple Pay faollaştirilgaç, Click tölov sahifasidagi tölov usullari qatorida paydo böladi.

«Biz Apple Pay’ni ulaş jarayoni foydalanuvçilar uçun ham, biznes uçun ham imkon qadar oson bölişini istadik. Hamkorlarimiz yangi tölov usulini joriy etiş uçun alohida texnik loyiha boşlaşiga hojat yöq. Barça texnik işlarni Click öz zimmasiga oladi», - dedi Click boş direktori va hammuassisi Uluğbek Rustamov.

Apple Pay orqali iPhone, iPad va Mac qurilmalarida Safari brauzeri yordamida saytlar va ilovalardagi xaridlar uçun tez va qulay tölov qiliş mumkin. Bunda alohida akkaunt oçiş yoki yetkazib beriş manzili hamda tölov maʼlumotlarini qayta-qayta kiritiş şart emas. Apple Pay’dan Apple Watch ilovalarida ham foydalaniş mumkin.

Apple Pay’da xavfsizlik va şaxsiy maʼlumotlar maxfiyligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Kredit yoki debet kartasi orqali tölov qilinganda kartaning haqiqiy raqami qurilmada ham, Apple serverlarida ham saqlanmaydi.

Uning örniga har bir qurilma uçun maxsus raqam - «Device Account Number» yaratiladi. Bu raqam şifrlangan holda «Secure Element» deb nomlangan maxsus çipda saqlanadi. Uşbu çip xalqaro soha standartlariga mos sertifikatga ega bölib, qurilmadagi tölov maʼlumotlarini xavfsiz saqlaş uçun möljallangan.

Apple Pay’ni qanday ulaş mumkin?