Turkiyaning Kappadokiya sayyohlik mintaqasida havo şarlarining qattiq qöngani oqibatida taxminan 40 nafar inson jarohat oldi. Bu haqda Dogan agentligi xabar bermoqda.
Uning ma'lumotiga köra, sayyohlik ekskursiyalarini taşkil etişda foydalaniladigan uçta şar qattiq qönişni amalga oşirgan. Hodisa ob-havo şaroitining keskin özgarişi tufayli yuz berdi.
Ularning içida Yevropa va xitoylik turistlar bölgan. Taxminan 30 nafar insonga hodisa joyining özida tibbiy yordam körsatildi, yana 9 nafar sayyoh turli jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi.

















