Uçraşuv davomida respublikaning JSTga a’zo bölişining hozirgi holati va Özbekistonning Taşkilotga a’zo bölişi böyiça Işçi guruhning 6-yiğilişini taşkil etişga tayyorgarlik köriş masalalari ham muhokama qilindi. Hozirga qadar JSTga a’zo davlatlar rejalaştirilgan muzokaralarni taşkil etiş uçun barça zarur hujjatlarni olgan. JSTga a’zo davlatlar va Taşkilot Kotibiyati bilan avval erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşiriş yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar va maslahatlaşuvlar ötkazilmoqda.

Tahlil natijalariga köra, Idoralararo komissiya a’zolariga Işçi guruhning 6-yiğilişiga har tomonlama tayyorgarlik köriş, barça topşiriqlarning öz vaqtida bajarilişini ta’minlaş va tayyorlanayotgan hujjatlar sifatini oşiriş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi. Tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga barça zarur hujjatlarni tayyorlaş va JSTga a’zo davlatlar bilan aniq muddatlarda ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaş böyiça individual rejalar işlab çiqiş topşirildi.

Yiğiliş yakunlari böyiça Özbekistonning JSTga a’zo bölişi böyiça Işçi guruh yiğilişlarini va Taşkilotga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni öz vaqtida taşkil etiş böyiça işlarni muvofiqlaştiriş maqsadida tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari iştirokida muntazam ravişda yiğiliş va muhokamalarni ötkaziş böyiça topşiriq berildi.