Qoʻshtepa tumanida ikki nafar hamshira pichoqlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Holat 7-sentabr kuni tuman tugʻuruqxonasida sodir boʻlgan. Jabrlanuvchilardan biri olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Kun.uz’ning aniqlashicha, pichoqlagan shaxs ayol kishi boʻlgan. U hamshiralarni xonaga qamab olgan holda pichoqlagani aytilmoqda. Ayol nega bunday qilgani va ishning boshqa tafsilotlari hozircha maʼlum emas.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatni Kun.uz’ga tasdiqladi. Uning bildirishicha, Qoʻshtepa tuman prokuraturasi 7-sentabr kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

Gumonlanuvchi shaxs JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.