Farğona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyidagi umumiy bahosi 2,5 mlrd sömlik 70 ta noyob eksponat (ulardan 56 tasi rang-tasvir asarlari) qalbakilaştirilgan.
Muzeyni kapital ta’mirlaş uçun budjetdan ajratilgan 3,1 mlrd söm mablağning 1,4 mlrd sömi mansabdor şaxslar tomonidan talon-toroj qilingan.
Muzeyda saqlanişi lozim bölgan 1 dona rang-tasvir va 1 dona grafika asari esa topilmagan.
Bular haqida Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi, Boş prokuratura hamda Madaniy meros agentligi ötkazgan tekşiruvlarda ma’lum böldi.
Xöş, noyob hisoblangan asarlar qanday qilib qalbakisiga almaştirildi?


Muzey direktori Xayrullo Zokirovdan yöqolgan asarlar böyiça ma’lumot olmoqçi böldik. Rahbar iş joyida yöqligi sabab buning iloji bölmadi, u bilan telefon orqali ham boğlana olmadik.
Muzeyda bölim boşliği lavozimida faoliyat yurituvçi Jahongir Toybolayev qalbakilaştirilgan asarlar xususida ma’lumot berdi.

“Bugungi kunda muzeyimizda 100 mingdan ortiq eksponatlar saqlanadi. Şu yilning may-iyun oylarida Boş prokuratura tomonidan muzeyda tekşiruv işlari amalga oşirildi. Tekşiruvda eksponatlarning saqlanişi, ulardan foydalaniş, şu bilan birga budjetdan töğri foydalaniş holatiga asosiy e’tibor qaratildi.
Tekşiruv davomida 70 dona eksponat qalbakilaştirilgani aniqlandi. Albatta, bu dastlabki xulosalar bölib yakuniy xulosaga hali kelingani yöq.
70 ta eksponatlardan 56 tasi rang-tasvir, ya’ni kartinalar hisoblanadi. Hozirgi kunda rang-tasvir fondimizda 1 000 tadan ortiq asar saqlanyapti. Farğona va butun respublika miqyosida yaşab ijod qilgan rassomlarning, haykaltaroşlarning asarlari”, – deydi u.





















