DW nashrining mahalliy politsiya maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, hodisa 15-oktabr kuni yuz bergan. Halok boʻlgan bolalar besh, sakkiz va oʻn bir yoshda boʻlgan. Jabrlanganlarning aniq soni hozircha maʼlum emas.

CNN maʼlumotiga koʻra, maktabda 16 yoshli oʻsmir oʻq uzgan. Uning ismi va hujum sabablari hozircha ochiqlanmagan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hujum vaqtida maktabda qariyb 400 nafar bola va 40 nafar xodim boʻlgan.

Telekanal mahalliy politsiyaga tayanib, hujumchi huquq-tartibot organlari xodimlari yetib kelguniga qadar oʻldirilganini xabar qildi. Qurollangan oʻsmirning maktabga bostirib kirganini koʻrgan mahalliy aholi vakili uni toʻxtatgani aytilmoqda.

Huquq-tartibot organlari hodisa tafsilotlarini oʻrganmoqda.